🔍
💡 Tezkor qidiruv uchun Ctrl+K tugmasini bosing

QIZILQUM SAHROSINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI, AHOLI JOYLASHUVI VA TRANSFARMATSION JARAYONLAR

JM

Jalilov Mirsaid Bektosh o‘g‘li

Navoiy davlat universiteti o‘qituvchisi t.f.f.d (PhD)

Yangi O'zbekistonda barqaror rivojlanish, Vol. 1 No. 1 (2026)
Betlar: 53-56

Annotatsiya

Qizilqum O‘zbekistonning yirik hududlaridan biridir. Qizilqum cho‘li
Turon tekisligining katta qismini egallab, Sirdaryo va Amudaryoning oralig‘ida joylashgan.
U janubdan janubiy-sharqqa qarab Zarafshon vodiysi hamda Nurota tog‘ tizmalari bilan,
janubiy-g‘arbda Amudaryo vohasi bilan, shimoliy-g‘arbda Orol dengizi va shimol hamda
shimoliy-sharqda Sirdaryo vohasi bilan chegaradoshdir. Ushbu hududlardagi cho‘lning
umumiy maydoni 300 ming km ga teng bo‘lib, sharq va g‘arbda Markaziy Osiyoning ulkan
daryolari Sirdaryo va Amudaryo bilan chegaradosh. U o‘zining geografik joylashuvi va
ta’sir jihatdan o‘zgacha xususiyatga ega bo‘lib, shu tufayli o‘ziga qo‘shni bo‘lgan
hududlarning ob-havosiga, iqlimiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu hudud janubiy-sharqdan shimoliy
g‘arbga qarab pasayib boradi. Uning o‘rtacha balandligi 200-300 m bo‘lsa, janubiy-sharqda
350-400 m, shimoliy-g‘arbda esa 90-100 metrgacha pasayadi. Qizilqumning g‘arbida Orol
dengizi va uning janubidagi Quvondaryo, Yangidaryoga qadar cho‘zilgan.

Qizilqum bo`kantov tomditov nurota tog‘tizmalari sharqiy qozog`iston janubiy turkiston teylibay gobi taklamakon

PDF yuklab olish

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Юрий Буряков Горное дело и металлургия средневекового Илака, М; 1974 Б 158
  2. Одинаева З.Қизилқум саҳросида баҳор. - Тошкент: Муҳаррир. - Б.10 - 13. Фан.2011. - Б.39 - 40.
  3. O‘zbekiston milliy arxivi R - 837 - fond, 7 - ro`yxat, 102 - yig`majild, 87 - varoq.
  4. Жусип Әлқожа ұлы. Таүелібай. - Кенимех, 1998 ж, - Б.5 - 6.
  5. W. Leal Filho Climate Change Management in Central Asia (Kyzylkum case studies) Springer Nature, Switzerland, 2020. B 429
  6. Звонкова Т.В. Бухарская область.\\ Природные условия и ресурсы Юго-Западного Узбекистана. – Ташкент.: 1965. - С. 56.
  7. Мирзаев А. Эволюция обстановок осадконакопления извещественный состав морских формаций палеогена Кызылкумов. – Ташкент, автореферат диссертации на соискание ученой степени доктора геолого - минералогических наук, 2012. - С.12