OHANGARON HAVZASI SHOVVOZSOY IRMOG‘I QURUQLIK QORINOYOQLI (GASTROPODA) MOLLYUSKALARINING BIO - EKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Annotatsiya
Ushbu tadqiqot Ohangaron havzasi Shovvozsoy irmog‘ida tarqalgan quruqlik qorinoyoqli mollyuskalarning faunistik tarkibi, taksonomik tuzilishi, zoogeografik xususiyatlari, biotoplar bo‘yicha tarqalishi hamda ekologik guruhlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot ishlari 2024 – 2026 - yillarda olib borilib, dala kuzatuvlari va marshrut - ekspeditsiya usullari asosida materiallar yig‘ildi. Tadqiqot davomida 700 ga yaqin namuna yig‘ilib, ulardan 200 dan ortig‘i anatomik jihatdan o‘rganildi. Natijada Shovvozsoy hud udida 11 avlod va 10 oilaga mansub 14 tur quruqlik mollyuskalari aniqlangan. Shulardan Macrochlamus turanica va Oxyloma elegans hudud uchun yangi turlar sifatida qayd etilgan. Mollyuskalarning landshaft - biotopik tarqalishi shimoliy va janubiy yonbag‘irlar hamda turli balandlik mintaqalari bo‘yicha tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari Shovvozsoy hududi quruqlik malakofaunasining biologik xilma - xilligini baholash va uni muhofaza qilish uchun il miy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kalit so'zlar
Foydalanilgan adabiyotlar
- Abdulazizova Sh.K. O‘zbekiston hududidagi quruqlik mollyuskalari faunasi va ekologiyasi bo‘yicha tadqiqotlar.
- Gaibnazarova F.P. Buliminidae oilasiga mansub quruqlik mollyuskalarining ekologik xususiyatlari.
- Izzatullayev Z. O‘rta Osiyo malakofaunasi bo‘yicha tadqiqotlar.
- Lixarev I.M., Rammelmeyer E.S. O‘rta Osiyo quruqlik mollyuskalari sistematikasi.
- Pozilov A. O‘zbekiston va unga tutash hududlar quruqlik mollyuskalari faunasi.
- Shileyk о A.A. Quruqlik mollyuskalarining sistematikasi va tarqalishi.
- Saidov M., Pozilov A. O‘zbekiston quruqlik mollyuskalarining ekologik - biologik xususiyatlari.
- Zokirov Q.Z. O‘zbekiston o‘simliklarining balandlik mintaqalari.