🔍
💡 Tezkor qidiruv uchun Ctrl+K tugmasini bosing

IOGANN VOLFGANG GYOTENING “FAUST” TRAGEDIYASINING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI

SA

Safarova Azalbaxt Ruslanovna

Yangi O'zbekistonda barqaror rivojlanish, Vol. 1 No. 2 (2026)
Betlar: 6-15

Annotatsiya

Mazkur maqolada Iogann Volfgang Gyotening “Faust” tragediyasi lingvopoetik jihatdan tadqiq etilib, asarning badiiy - estetik mazmunini shakllantiruvchi leksik - semantik, stilistik, sintaktik va konseptual vositalarning funksional xususiyatlari yoritiladi. Tra gediyadagi Faust, Mefistofel va Margareta obrazlarining individual nutqiy xusu siyatlari, ularning dunyoqarashi, psixologik holati va aksiologik pozitsiyasini ifodalovchi lisoniy birliklar tahlil qilinadi. Asarda bilim, haqiqat, ruh, hayot, sevgi, gunoh, najot, vaqt, harakat va inkor konseptlarining badiiy verbalizatsiyasi o‘rganilad i. Shuningdek, metafora, antiteza, ramz, takror, ritorik so‘roq, sintaktik parallelizm va ironiya singari lingvopoetik vositalarning matn semantikasidagi o‘rni aniqlanadi. Tadqiqot natijasida “Faust” tragediyasida falsafiy mazmun tilning obrazli imkoniyatl ari bilan uzviy bog‘liq holda yuzaga chiqishi, personajlarning ruhiy va g‘oyaviy qarama - qarshiligi, avvalo, ularning nutqiy tizimida namoyon bo‘lishi asoslanadi. Asarning o‘zbek tiliga tarjimasida lingvopoetik mazmunni qayta yaratish bilan bog‘liq muammolarga ham e’tibor qaratiladi.

lingvopoetika badiiy matn poetik semantika konsept metafora antiteza ramz ironiya nutqiy portret tarjima

PDF yuklab olish

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Goethe, J. W. von. Faust. Der Tragödie erster Teil. Leipzig: Insel - Verlag, 1969. Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1985. 373 б.
  2. Colvin, S. “Mephistopheles, Metaphors, and the Problem of Meaning in Faust.” Publications of the English Goethe Society, 2010, Vol. 79, No. 3, pp. 159 – 171.
  3. Nazarov, S. H. “И.В. Гёте‘Фауст‘асарида концептуал метафора таҳлили.” Сўз санъати халқаро журнали, 2019, № 5.
  4. Ataev, Sh. A. “Symbol and Image in Goethe’s Tragedy‘Faust’.” Philology. Theory & Practice, 2010, No. 3.
  5. Yakubov, S. “A Look at the Study of Goethe’s Works in Uzbekistan (Based on Goethe’s‘Faust’).” O‘zMU xabarlari / Acta NUUz, 2025, Vol. 1, No. 1.3.1.
  6. Lakoff, G., Johnson, M. Metaphors We Live By. Chicago: University of Chicago Press, 1980. Едиториал УРСС, 2004. 256 с.
  7. Riesel, E. Stilistik der deutschen Sprache. Moskau: Hochschule, 1963. 468 S.
  8. Trunz, E. “Nachwort und Anmerkungen.” In: Goethe, J. W. von. Faust. Eine Tragödie. München, 1988.