🔍
💡 Tezkor qidiruv uchun Ctrl+K tugmasini bosing

ABDURAHMON JOMIYNING “SILSILAT UZ - ZAHAB” DOSTONIDA MA’NAVIY KAMOLOT VA KOMIL INSONNI TARBIYALASHNING DIDAKTIK ASOSLARI

KS

Kenjayeva Saodat Nurmurod qizi

Buxoro davlat pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi

Yangi O'zbekistonda barqaror rivojlanish, Vol. 1 No. 2 (2026)
Betlar: 126-130

Annotatsiya

Mazkur maqolada Abdurahmon Jomiyning “Silsilat uz - zahab” (“Oltin zanjir”) dostonida ilgari surilgan ma’naviy - axloqiy qarashlar, inson kamolotiga oid g‘oyalar hamda komil insonni tarbiya lashning didaktik asoslari tahlil etiladi. Asarda aks etgan axloqiy fazilatlar, adolat, halollik, ilm - ma’rifat, nafsni tiyish, sabr - qanoat, kamtarlik va ezgulikka intilish kabi tushunchalarning shaxs ma’naviy rivojlanishidagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, Jomiy ijodida badiiy - didaktik vositalar orqali insonni ezgulikka yo‘naltirish, axloqiy qadriyatlarni shakllantirish va yosh avlodning ma’naviy dunyoqarashini boyitish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Dostonning tarbiyaviy imkoniyatlari zamonaviy pe dagogik yondashuvlar bilan uyg‘unlikda tahlil qilinib, undan ta’lim - tarbiya jarayonida foydalanishning ahamiyati asoslanadi. Tadqiqot natijalari Abdurahmon Jomiy merosining ma’naviy - axloqiy tarbiya, shaxs kamoloti va komil insonni shakllantirish borasidagi ilmiy - pedagogik ahamiyatini ochib berishga xizmat qiladi.

Abdurahmon Jomiy Silsilat uz-zahab ma’naviy kamolot komil inson didaktika axloqiy tarbiya ilm-ma’rifat ezgulik nafs tarbiyasi.

PDF yuklab olish

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Ibragimov X., Abdullayeva Sh. Pedagogika nazariyasi (darslik). T., «Fan va texnologiya», 2008. 288 - b.
  2. Kenjayeva S.N. Temuriylar davriga oid pedagogik asarlarda axloq masalalari // European science international conference: Modern problems in education and their scientific solutions. Vol. 3 No. 3 (2026). 347 - 349 - b.
  3. Kenjayeva S.N. Temuriylar davri adabiy merosida komil inson tarbiyasi masalalari // Global Academic Conference on Research and Innovation. Volume 2, Issue 4 GACRI 2026/ New York/The Usa. 54 - 57 - b.
  4. Kenjayeva S.N. Temuriylar davri pedagogik tafakkurida ma’naviy - axloqiy qadriyatlarning o‘rni // International Conference on Contemporary Research ICCR – 2026. 96 - 99 - b.
  5. Mardonov Sh., Zokirova U. Pedagogika nazariyasi va tarixi [Matn]: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: «Ishonchli hamkor», 2021. - 272 b.
  6. Roziqov O. R. va boshqalar. Didaktika. T., “Fan”, 1997, 111 - b.
  7. Xodjayev B.X. Umumta’lim maktabi o‘quvchilarida tarixiy tafakkurni modernizatsiyalashgan didaktik ta’minot vositasida rivojlantirish: Pedagogika fanlari doktori.... diss. – Toshkent, 2016. – 314 b.