🔍
💡 Tezkor qidiruv uchun Ctrl+K tugmasini bosing

TADBIRKORLIK EKOTIZIMINI RIVOJLANTIRISHDA OLIY TA’LIM XIZMATLARI VA BIZNES EHTIYOJLARI INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH

FY

Feruz Yuldashev

Bilim va malakalarni baholash sektori bosh mutaxassisi, Buxoro davlat universiteti

Yangi O'zbekistonda barqaror rivojlanish, Vol. 1 No. 1 (2026)
Betlar: 35-39

Annotatsiya

Mazkur maqolada tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirishda oliy ta’lim xizmatlari va biznes ehtiyojlari o‘rtasidagi integratsiyaning ahamiyati yoritilgan. Oliy ta’lim muassasalari va biznes subyektlari hamkorligida mavjud muammolar tizimlashtirilib, ta’lim dasturlarini ish beruvchilar talablariga moslashtirish, talabalarning amaliy tayyorgarligini kuchaytirish, biznes vakillarining ta’lim jarayonidagi ishtirokini kengaytirish, ilmiy ishlanmalarni tijorat lashtirish hamda buyurtmaviy tadqiqot va konsalting xizmatlarini rivojlantirish yo‘nalishlari asoslangan. Shuningdek, OTM va biznes o‘rtasida raqamli qayta aloqa va monitoring tizimini shakllantirish, biznes - inkubatorlar hamda startap akseleratsiyasi mexanizmlarini rivojlantirish orqali integratsiyaning uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.

tadbirkorlik ekotizimi oliy ta’lim xizmatlari biznes ehtiyojlari innovatsiyalarni tijoratlashtirish biznes-inkubator startap akseleratsiyasi raqamli qayta aloqa monitoring.

PDF yuklab olish