IKKI TILLI TA’LIMIDA TABIIY - ILMIY MUAMMOLARNI HAL QILISHGA YO‘NALTIRILGAN TOPSHIRIQLARNI LOYIHALASH METODIKASI
Annotatsiya
Maqolada bilingval CLIL ta’limida tabiiy - ilmiy muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan topshiriqlarni loyihalash masalasi yoritiladi. Tabiiy fanlarni o‘qitishda o‘quvchining ilmiy tushunchalarni o‘zlashtirishi, dalill arni tahlil qilishi va o‘z xulosasini asoslay olishi muhim hisoblanadi. Shu bilan birga, mazkur faoliyatni ikkinchi tilda tashkil etish o‘quvchilardan ilmiy terminlarni o‘rinli qo‘llash va fikrlarini izchil ifodalashni talab qiladi. Tadqiqotda ilmiy adabiy otlarni tahlil qilish va metodik loyihalash usullaridan foydalanildi. Natijada fan mazmuni, muammoli vaziyat, bilish faoliyati va til vositalarini o‘zaro bog‘laydigan topshiriqlarni ishlab chiqish modeli taklif etildi. Uning metodik ahamiyati topshiriqni f aqat bilimni tekshirish vositasi sifatida emas, balki ilmiy fikrlash va dalillash faoliyatini tashkil etuvchi vosita sifatida talqin qilish bilan belgilanadi.
Kalit so'zlar
Foydalanilgan adabiyotlar
- OECD. PISA 2022 Assessment and Analytical Framework. Paris: OECD
- Coyle D., Hood P., Marsh D. CLIL: Content and Language Integrated Learning. Cambridge: Cambridge University Press, 2010.
- Dalton - Puffer C. Content - and - Language Integrated Learning: From Practice to Principles? // Annual Review of Applied Linguistics. 2011. Vol. 31. P. 182 – 204.
- Fine C. G. McC., Furtak E. M. A Framework for Science Classroom Assessment Task Design for Emergent Bilingual Learners // Science Education. 2020. Vol. 104,
- European Centre for Modern Languages. CLIL and Science Education: A Review for a Language Focus in Science Teaching // Ricerche di Pedagogia e Didattica. 2221/12646.