🔍

ISTE’FO INSTITUTINING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY TABIATI VA UNI TARTIBGA SOLISHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

TB

To‘xtamishev Bryusli Xursan o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti, Davlat boshqaruvi huquqi magistranti

Fan, ta’lim va innovatsiyalar uyg‘unligi: yangi imkoniyatlar va rivojlanish istiqbollari, Vol. 1 No. 3 (2026)
Betlar: 253-262

Annotatsiya

Maqolada iste’fo institutining konstitutsiyaviy-huquqiy tabiati, uning lavozimdan ozod etish va ishonchsizlik votumidan farqi hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida tartibga solinishi tahlil qilinadi. Konstitutsiya va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun normalari asosida “iste’fo” atamasining turli ma’nolarda qo‘llanishi va hukumat a’zolarining o‘z tashabbusi bilan iste’foga chiqish tartibi faqat Bosh vazirga nisbatan belgilangani ko‘rsatiladi. Formal-yuridik, tizimli va qiyosiy-huquqiy usullar yordamida Germaniya, Fransiya, Yaponiya va Qozog‘iston konstitutsiyalaridagi tegishli normalar o‘rganiladi. Tadqiqot natijasida iste’foning ishchi ta’rifi va tasnifi taklif etiladi, atamalarni muvofiqlashtirish hamda hukumat a’zosining o‘z tashabbusi bilan iste’foga chiqish tartibini qonunda belgilashga doir takliflar ilgari suriladi.

iste’fo konstitutsiyaviy-huquqiy javobgarlik Vazirlar Mahkamasi ishonchsizlik votumi lavozimdan ozod etish huquqiy aniqlik

PDF yuklab olish

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Alimov B.B. Hukumatni shakllantirish va javobgarligi: O‘zbekiston modeli va xorijiy tajriba // Yurisprudensiya. 2026. Vol. 6, No. 4. B. 48–56.
  2. Constitution de la République française. 04.10.1958.
  3. Finer S.E. The Individual Responsibility of Ministers // Public Administration. 1956. Vol. 34, No. 4. P. 377–396.
  4. Grundgesetz für die Bundesrepublik Deutschland. 23.05.1949.
  5. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 30.04.2023.
  6. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. 28.10.2022.
  7. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni. 18.04.2011, O‘RQ-284-son.
  8. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni. 25.10.2024, O‘RQ-982-son.
  9. The Constitution of Japan. 03.11.1946.
  10. Tillabayeva M. O‘zbekiston Respublikasida konstitutsiyaviy huquqning mohiyati masalasida // Jamiyat va innovatsiyalar. 2024. Vol. 5, No. 4/S. B. 47–55.
  11. Woodhouse D. Ministers and Parliament: Accountability in Theory and Practice. Oxford: Clarendon Press, 1994.
  12. Колосова Н.М. Конституционная ответственность в Российской Федерации. М.: Городец, 2000.
  13. Конституция Республики Казахстан. Принята на республиканском референдуме 15 марта 2026 г.
  14. Третьяк И.А. Конституционно-правовой конфликт о доверии Правительству Российской Федерации в контексте конституционной реформы 2020 г. // Правоприменение. 2021. Т. 5, № 2. С. 159–169.