KRIPTO-AKTIVLAR VOSITASIDA JINOIY DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA QARSHI KURASH: XALQARO STANDARTLAR VA O‘ZBEKISTON QONUNCHILIGINING QIYOSIY-HUQUQIY TAHLILI
Annotatsiya
Mazkur maqolada kriptovalyuta va boshqa kripto-aktivlar vositasida jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashning O‘zbekiston Respublikasidagi huquqiy mexanizmlari xalqaro standartlarga qay darajada muvofiqligi qiyosiy tarzda tadqiq etiladi. Qiyosiy-huquqiy, formal-yuridik, tizimli tahlil va keys-tahlil metodlaridan foydalanilgan holda FATF tavsiyalari, Yevropa Ittifoqi, Singapur va Yaponiya qonunchiligi milliy normalar bilan olti mezon bo‘yicha solishtiriladi. Tadqiqot korpusi 21 ta normativ hujjat va xalqaro standartdan iborat bo‘lib, 2020-2026-yillardagi beshta sud va tergov ishi ham o‘rganiladi. Tadqiqot natijasida olti mezondan ikkitasi bo‘yicha milliy qonunchilik xalqaro standartlarga muvofiq, bittasi bo‘yicha FATFdan qat’iyroq, uchtasi bo‘yicha esa qisman muvofiq deb baholanadi. Qonunchilik provayderlarni litsenziyalash va mijozni tekshirish bo‘yicha FATF 15-tavsiyasiga muvofiq, anonim kripto-aktivlar bo‘yicha esa undan qat’iyroq ekani ko‘rsatiladi. Shu bilan birga, “Travel Rule” qonun darajasida belgilanmagani, uni buzganlik uchun javobgarlik yo‘qligi, Jinoyat kodeksining 243-moddasida kripto-aktivlar jinoyat predmeti sifatida ko‘rsatilmagani hamda “Travel Rule” bilan shaxsga doir ma’lumotlarni mahalliylashtirish talabi o‘rtasidagi nisbat aniqlanmagani ochib beriladi. Xorijiy sud amaliyotida markazlashmagan protokol ishlab chiquvchisining javobgarligi masalasida yagona yondashuv shakllanmagani qayd etiladi. Aniqlangan bo‘shliqlar legallashtirish belgilariga ega qilmishlarni faqat Jinoyat kodeksining 278⁸-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish xavfini tug‘dirishi asoslanadi. Yakunda jinoyat, ma’muriy javobgarlik, shaxsga doir ma’lumotlar va kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan aniq takliflar ilgari suriladi.
Kalit so'zlar
Foydalanilgan adabiyotlar
- European Union, 2016. Regulation (EU) 2016/679 of the European Parliament and of the Council of 27 April 2016 on the protection of natural persons with regard to the processing of personal data and on the free movement of such data (General Data Protection Regulation).
- European Union, 2023. Regulation (EU) 2023/1113 of the European Parliament and of the Council of 31 May 2023 on information accompanying transfers of funds and certain crypto-assets.
- European Union, 2023. Regulation (EU) 2023/1114 of the European Parliament and of the Council of 31 May 2023 on markets in crypto-assets (MiCA).
- European Union, 2024. Regulation (EU) 2024/1624 of the European Parliament and of the Council of 31 May 2024 on the prevention of the use of the financial system for the purposes of money laundering or terrorist financing.
- FATF, 2012. International Standards on Combating Money Laundering and the Financing of Terrorism & Proliferation: The FATF Recommendations (keyingi o‘zgartirishlar bilan). Paris: FATF.
- FATF, 2021. Updated Guidance for a Risk-Based Approach to Virtual Assets and Virtual Asset Service Providers. Paris: FATF, October 2021.
- FATF, 2026. Targeted Update on Implementation of the FATF Standards on Virtual Assets and Virtual Asset Service Providers. Paris: FATF, July 2026. https://www.fatf-gafi.org/en/publications/Fatfrecommendations/targeted-updated-virtualassets-vasps-2026.html
- Japan. Payment Services Act (Act No. 59 of 2009); Act on Prevention of Transfer of Criminal Proceeds (Act No. 22 of 2007); Act on the Protection of Personal Information (Act No. 57 of 2003) (APPI).
- Singapore. Payment Services Act 2019; Personal Data Protection Act 2012 (PDPA).
- United Nations, 2000. United Nations Convention against Transnational Organized Crime. New York, 15 November 2000.
- Rechtbank Oost-Brabant (Niderlandiya), 2024. A. Pertsev ishi bo‘yicha 2024-yil 14-maydagi hukm.
- United States v. Harmon, 2020. 474 F. Supp. 3d 76 (D.D.C. 2020).
- United States v. Storm, 2025. No. 23-cr-430 (S.D.N.Y.), hakamlar hay’atining 2025-yil 6-avgustdagi verdikti.
- Van Loon v. Department of the Treasury, 2024. 122 F.4th 549 (5th Cir. 2024).
- O‘zbekiston Respublikasi, 2023. Konstitutsiya (yangi tahriri), 30.04.2023. https://lex.uz/docs/6445145
- O‘zbekiston Respublikasi, 1994. Jinoyat kodeksi (amaldagi tahriri). https://lex.uz/docs/111453
- O‘zbekiston Respublikasi, 1994. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks (amaldagi tahriri).
- O‘zbekiston Respublikasining 26.08.2004 yildagi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 660-II-son Qonuni.
- O‘zbekiston Respublikasining 02.07.2019 yildagi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-547-son Qonuni. https://lex.uz/uz/acts/4396428
- O‘zbekiston Respublikasining 15.04.2022 yildagi “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-764-son Qonuni.
- O‘zbekiston Respublikasining 19.01.2024 yildagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-899-son Qonuni. https://lex.uz/docs/6763849
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.07.2018 yildagi “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3832-son qarori (2022-yil 27-apreldagi PF-121-son Farmon tahririda). https://lex.uz/docs/3806048
- Campbell-Verduyn M., 2018. Bitcoin, crypto-coins, and global anti-money laundering governance. Crime, Law and Social Change, Vol. 69, No. 2, pp. 283–305.
- De Filippi P., Wright A., 2018. Blockchain and the Law: The Rule of Code. Cambridge, MA: Harvard University Press.
- Foley S., Karlsen J.R., Putniņš T.J., 2019. Sex, Drugs, and Bitcoin: How Much Illegal Activity Is Financed through Cryptocurrencies? The Review of Financial Studies, Vol. 32, No. 5, pp. 1798–1853.
- Zetzsche D.A., Arner D.W., Buckley R.P., 2020. Decentralized Finance. Journal of Financial Regulation, Vol. 6, No. 2, pp. 172–203.
- UzDaily.uz, 2026. В Ташкенте пресекли незаконный оборот криптоактивов на $11 млн. 15.07.2026. https://www.uzdaily.uz/ru/uzbekistan-tashkent-iunusabadskii-raion-guvd-tashkenta-kriptoaktivy-nezakonnyi-oborot-ugolovnoe-delo-samarkandskaia-oblast-sledstvie-statia-278-8-uk-ruz/