🔍

AVTOMOBIL SANOATIDA ISHLAB CHIQARISH DIVERSIFIKATSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY MODELLARI VA XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISH YO‘NALISHLARI

AE

Asadov Elyorbek Kandiyarovich

Qo‘qon universiteti

Fan, ta’lim va innovatsiyalar uyg‘unligi: yangi imkoniyatlar va rivojlanish istiqbollari, Vol. 1 No. 1 (2026)
Betlar: 27-35

Annotatsiya

Mazkur tezisda avtomobil sanoati korxonalarida ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashning zamonaviy yo‘nalishlari tadqiq etilgan. Ishlab chiqarish diversifikatsiyasini faqat mahsulot nomenklaturasini kengaytirish sifatida emas, balki mahsulot portfeli, te xnologik platforma, modulli ishla b chiqarish, ta’minot zanjiri, mahalliylashtirish va raqamli texnologiyalarni o‘zaro uyg‘unlashtiruvchi kompleks jarayon sifatida shakllantirish zarurati asoslangan. Yaponiya, Germaniya va Xitoy avtomobil sanoatidagi diversifikatsiya tajribalari qiyosiy ta hlil qilinib, ularning O‘zbekiston avtomobil sanoatida qo‘llash mumkin bo‘lgan jihatlari tizimlashtirilgan. “O‘zavtosanoat” AJ tizimidagi korxonalarda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashni chuqurlashtirish uchun platformaviy va modulli ishlab chiqarish ni kengaytirish, yuqori texnologiyali komponentlarni mahalliylashtirish, yetkazib beruvchilarni texnologik transformatsiyaga jalb qilish va yangi avlod transport texnologiyalarini bosqichma - bosqich o‘zlashtirish yo‘nalishlari asoslangan.

avtomobil sanoati diversifikatsiya ishlab chiqarish platformaviy ishlab chiqarish modulli ishlab chiqarish texnologik diversifikatsiya mahalliylashtirish elektromobil ta’minot zanjiri raqamli transformatsiya

PDF yuklab olish

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Ansoff I. Strategic Management. – Moscow: Economics, 1989. “FAN, TA’LIM VA INNOVATSIYALAR UYG‘UNLIGI: YANGI IMKONIYATLAR VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
  2. David F.R., David F.R. Strategic Management: Concepts and Cases. – 15th ed. – Harlow: Pearson Education Limited, 2015.
  3. Johnson G., Whittington R., Scholes K., Angwin D., Regnér P. Exploring Strategy: Text and Cases. – 11th ed. – Harlow: Pearson Education Limited, 2017.
  4. Ministry of Economy, Trade and Industry of Japan. Automobile Industry and Mobility DX Strategy. – Tokyo: METI.
  5. Verband der Automobilindustrie (VDA). Car Production in Germany. – Germany,
  6. International Energy Agency. Global EV Outlook 2026: Manufacturing and Trade. – Paris: IEA, 2026.
  7. State Administration for Market Regulation of the People’s Republic of China. Intelligent and Connected Vehicle Standards, 2025 – 2026.