SIMOBLI CHIQINDILARNI ZARARSIZLANTIRISH
Annotatsiya
Ushbu maqolada simobli chiqindilarning atrof-muhitga, inson salomatligiga va ekologik xavfsizlikka ko‘rsatadigan salbiy ta'siri, ularning kelib chiqish manbalari, tarkibiy xususiyatlari hamda zararsizlantirish usullari keng yoritilgan. Simob tabiatda uchraydigan, o‘ziga xos fizik-kimyoviy xususiyatlarga ega bo‘lgan og‘ir metall hisoblanadi. U oddiy sharoitda suyuq holatda bo‘lishi va nisbatan oson bug‘lanishi bilan boshqa metallardan farq qiladi. Simob va uning birikmalari yuqori zaharlilik xususiyatiga ega bo‘lib, inson organizmiga nafas olish, oziq-ovqat va suv orqali kirishi mumkin. Ayniqsa, simob bug‘lari asab tizimi, buyraklar, jigar va boshqa muhim organlarga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.
Kalit so'zlar
simob
simobli chiqindilar
og‘ir metallar
ekologik xavfsizlik
zaharli moddalar
zararsizlantirish
utilizatsiya
kimyoviy barqarorlashtirish
termik qayta ishlash
sorbsiya
tuproq ifloslanishi
atmosfera havosi
sanoat chiqindilari
inson salomatligi
atrof-muhit muhofazasi
Foydalanilgan adabiyotlar
- O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni. 2002-yil 5-aprel, 362-II-son.
- O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni. 1992-yil 9-dekabr, 754-XII-son.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-sonli “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 21-sentabrdagi 266-sonli “Simobli lampalarning ishlatilib bo‘lgan resurslarini to‘plash va ularni utilizatsiya qilishni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli “Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.