🔍
💡 Tezkor qidiruv uchun Ctrl+K tugmasini bosing

O‘ZBEKISTONDA QUYOSH ENERGIYASIGA ASOSLANGAN YASHIL KRIPTO-MINING: IMKONIYATLAR, IQTISODIY SAMARADORLIK VA MUAMMOLAR

BS

Baxridinova Shaxnozaxon Shukurullayevna

Qo‘qon universiteti Andijon filiali “Iqtisodiyot va moliya” kafedrasi o‘qituvchisi

MM

Maxamatjonov Muhammadaziz Muzaffar o‘g‘li

Qo‘qon universiteti Andijon filiali Masofaviy ta’lim “Iqtisodiyot” yo‘nalishi 1-bosqich talabasi

Ilmiy tafakkur va zamonaviy tadqiqotlar, Vol. 1 No. 3 (2026)
Betlar: 147-154

Annotatsiya

Ushbu ilmiy maqolada raqamli iqtisodiyotning tez rivojlanayotgan tarmog‘i hisoblangan kripto-mining faoliyatining ekologik ta’siri, energiya sarfi hamda uni quyosh energiyasi asosida tashkil etish imkoniyatlari yashil iqtisodiyot nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda Proof of Work (PoW) konsensus algoritmining energiya taqchilligi va uglerod chiqindilarini oshirishdagi o‘rni atroflicha yoritilib, quyosh energiyasi salohiyati yuqori bo‘lgan hududlarda (Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo va Qoraqalpog‘iston) yashil mining markazlarini tashkil etishning iqtisodiy va ekologik samaradorligi baholanadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi normativ-huquqiy bazasi (ILMA/NAPP talablari, Qoraqalpog‘istondagi maxsus rejim) va qayta tiklanuvchi energiya loyihalari integratsiyasi tahlil qilinib, mavjud texnik hamda iqtisodiy muammolarga amaliy yechimlar va takliflar ishlab chiqilgan.

Yashil iqtisodiyot kripto-mining Bitcoin Proof of Work quyosh energiyasi qayta tiklanuvchi energiya uglerod neytralligi energiya samaradorligi O‘zbekiston iqtisodiyoti NAPP

PDF yuklab olish

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Cambridge Centre for Alternative Finance (CCAF). (2023). Cambridge Bitcoin Electricity Consumption Index (CBECI). Cambridge Judge Business School, University of Cambridge.
  2. IRENA (2023). Renewable Power Generation Costs in 2022. International Renewable Energy Agency, Abu Dhabi. ISBN 978-92-9260-544-5.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi PQ-3832-son qarori (raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida); Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA/NAPP). (2023). Mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizom. Lex.uz.
  4. International Energy Agency (IEA). (2024). Electricity 2024: Analysis and forecast to 2026. IEA, Paris.
  5. World Bank. (2023). Uzbekistan Country Climate and Development Report. World Bank Group, Washington, D.C.
  6. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi. (2023). Qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish bo‘yicha yillik hisobot va ko‘rsatkichlar. Toshkent.
  7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi RP-143-son hujjati (Qoraqalpog‘istonda qayta tiklanuvchi energiya va mining zonasi). Lex.uz/docs/8147188.
  8. Anhor.uz. O‘zbekistonda kriptovalyuta mayningi uchun ilk ruxsatnoma berildi (2025). anhor.uz.