🔍
💡 Tezkor qidiruv uchun Ctrl+K tugmasini bosing

G‘O‘ZA DURAGAYLARIDA OCHILGAN KO‘SAKLAR SONINING O‘ZGARUVCHANLIGI VA GETEROZISI

NZ

Namozov Zuxriddin Abdikarimovich

Mustaqil-tadqiqotchi

XA

Xakimov Abdumurod Esirgap o‘g‘li

q/x.f.f.d., katta ilmiy xodim Moyli va tolali ekinlar ilmiy tajriba stansiyasi

Ilmiy tafakkur va zamonaviy tadqiqotlar, Vol. 1 No. 1 (2026)
Betlar: 14-16

Annotatsiya

Tadqiqotda Gossypium hirsutum L. g‘o‘za genotiplari va ular asosida olingan F₁ duragaylarida ochilgan ko‘saklar sonining o‘zgaruvchanligi hamda geterozis darajasi o‘rganildi. Yulduz, Niso, Guliston, SSB K - 1, T - 1336 va T - 1391 genotiplari ota - ona shakllari sifatida foydalanilib, to‘liq diallel chatishtirish asosida 3 0 ta F₁ kombinatsiyasi olindi. Ota - ona shakllarida ochilgan ko‘saklar soni 14,0 – 15,1 dona oralig‘ida bo‘lgan. F₁ avlodida eng yuqori ko‘rsatkichlar Niso × Yulduz va Niso × Guliston kombinatsiyalarida qayd etilib, mos ravishda 22,3 va 21,3 dona ochilgan ko‘sak hamda 53,7 va 52,1% geterozis aniqlandi. Tadqiqot natijalari mazkur kombinatsiyalarning ochilgan ko‘saklar sonini oshirishga qaratilgan seleksiya ishlarida istiqbolli boshlang‘ich material sifatida foydalanish mumkinligini ko‘rsatdi.

Gossypium hirsutum L. g‘o‘za F₁ duragaylar diallel chatishtirish ochilgan ko‘saklar soni geterozis genotip seleksiya boshlang‘ich material

PDF yuklab olish

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Azimov A.A., Aliqulov E., Ergashev O., Shavkiev J. Estimation of dominance and heterosis of morpho - economic traits in intraspecific F₁ hybrids of upland cotton. Journal of Wildlife and Biodiversity. 2024.
  2. Khojambergenov N.M., Jumaniyazov K.J., Rasulov D.I., Kurbanov E.A., Korabayev Sh.A. Combining ability analysis and breeding for early - maturing cotton (Gossypium hirsutum L.) varieties using Line × Tester analysis. Electronic Journal of Plant Breeding. 202 5. Vol. 16, No. 4. P. 457 – 462.
  3. Chorshanbiev N.E., Nabiev S.M., Azimov A.A., Shavkiev J.Sh., Pardaev E.A., Quziboev A.O. Heterosis and combinatorial ability of cotton (Gossypium barbadense L.) in Uzbekistan. Modern Biology and Genetics. 2022. Vol. 1, No. 1. P. 56 – 63.