🔍

SHAMBALA (TRIGONELLA FOENUM-GRAECUM L.) O‘SIMLIGINING KIMYOVIY TARKIBI VA ANTIDIABETIK XUSUSIYATLARI

Y

Y.T.Isayev

Kimyo fanlari doktori, professor

OG

Odilova Gulsanam Ikromjon qizi

tadqiqotchi

Innovatsion taraqqiyot va ilmiy tadqiqotlar: zamonaviy tendensiyalar va istiqbollar, Vol. 1 No. 2 (2026)
Betlar: 52-57

Annotatsiya

Ushbu tezisda dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasiga mansub shambala (Trigonella foenum - graecum L.) o‘simligining, xususan urug‘larining kimyoviy tarkibi va antidiabetik xususiyatlari zamonaviy ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilindi. Shambala urug‘lari tarkibida galaktomannan, oqsillar, lipidlar, steroidal saponi nlar, flavonoidlar, alkaloidlar, fenolik birikmalar, shuningdek, biologik faol 4 - gidroksiizoleytsin (4 - HIL) aminokislotasi mavjudligi aniqlangan. Mazkur komponentlarning glyukoza almashinuviga ta’siri turlicha mexanizmlar orqali amalga oshishi, jumladan, u glevodlarning ichakdan so‘rilishini sekinlashtirish, glyukozaning ovqatdan keyingi ko‘tarilishini kamaytirish hamda insulin sekretsiyasini rag‘batlantirish bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan. Klinik tadqiqotlar va meta - tahlillar shambala urug‘ining och qoringa glyukoza, ovqatdan keyingi glyukoza hamda glikozillangan gemoglobin (HbA1c) ko‘rsatkichlarini kamaytirishga yordam berishi mumkinligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, shambalani standartlashtirilgan xomashyo sifatida baholash va uning asosida funksional ozi q - ovqat hamda shifobaxsh tovarlar yaratish uchun faol komponentlar miqdorini nazorat qilish muhimligi asoslandi.

shambala Trigonella foenum - graecum L. kimyoviy tarkib galaktomannan 4 - gidroksiizoleytsin steroidal saponinlar flavonoidlar diosgenin trigonellin antidiabetik xususiyat glyukoza insulin HbA1c shifobaxsh tovar

PDF yuklab olish

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Neelakantan N., Narayanan M., de Souza R.J., van Dam R.M. Effect of fenugreek (Trigonella foenum - graecum L.) intake on glycemia: a meta - analysis of clinical trials // Nutrition Journal. – 2014. – Vol. 13. – Article 7. – DOI: 10.1186/1475 - 2891 - 13 - 7.
  2. The Effect of Fenugreek in Type 2 Diabetes and Prediabetes: A Systematic Re view and Meta - Analysis of Randomized Controlled Trials. – 2023. – PubMed PMID: 37762302.
  3. Enhancing glycaemic control and promoting cardiovascular health: the therapeutic potential of Trigonella foenumgraecum in diabetic patients – a systematic review and m eta - analysis. – 2024. – Annals of Medicine & Surgery. – Vol. 86, No. 6. – P. 3460 – 3467. – DOI:
  4. 10.1097/MS9.0000000000001750.
  5. The effects of fenugreek (Trigonella foenum - graecum) seed on glycemic parameters: An updated systematic review and meta - analysis of randomized controlled trials. – 2025. – DOI: 10.22038/ajp.2025.26043.
  6. Phytochemical evaluation, nutritional and pharmacological values of Trigonella foenum - graecum plant: a comprehensive review. – Frontiers in Chemistry. – 2026.
  7. Comprehensive review of op portunities and challenges of ethnomedicinal plants for managing type 2 diabetes. – 2024.