Ayollarni oilaviy zo‘ravonlikdan himoya qilish
Annotatsiya
Mazkur maqolada ayollarni oilaviy zo‘ravonlikdan himoya qilishning huquqiy, ijtimoiy va institutsional mexanizmlari, ushbu sohada O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda qonunchilikda belgilangan kafolatlar tahlil qilinadi. Oilaviy zo‘ravonlikning jismoniy, ruhiy, jinsiy va iqtisodiy shakllari, ularning ayollar hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmatiga salbiy ta’siri yoritiladi. Shuningdek, himoya orderining ahamiyati, vakolatli davlat organlarining vazifalari, zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarning yuridik javobgarligi va jabrlanuvchilarga ko‘rsatiladigan huquqiy hamda psixologik yordam masalalari o‘rganiladi. Tadqiqot davomida amaldagi qonunchilikni takomillashtirish, profilaktika choralarining samaradorligini oshirish va oilaviy zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqiladi.
Kalit so'zlar
Foydalanilgan adabiyotlar
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023-yil 30-aprelda referendum orqali qabul qilingan. – Toshkent, 2023. LexUZ – Konstitutsiya: https://www.lex.uz/uz/acts/-6445145?ONDATE=01.05.2023+00.
- O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-son «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuni. LexUZ – Qonun matni: https://lex.uz/uz/acts/-4494709?ONDATE=03.09.2019+00.
- O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-562-son «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuni. Qonunlar ro‘yxati: https://gov.uz/oz/wcu/pages/qonunlar.
- O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-son «Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni.
- O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. 1994-yil 22-sentabr. 126¹-modda — Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik. LexUZ – Jinoyat kodeksi: https://www.lex.uz/uz/docs/-111453?ONDATE=12.09.2026.
- O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi. 1994-yil 22-sentabr. 59²-modda — Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-yanvardagi 3-son «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori.
- Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. BMT Bosh Assambleyasining 1948-yil 10-dekabrdagi 217 A (III)-rezolyutsiyasi.
- Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya (CEDAW). 1979-yil 18-dekabr.
- BMTning Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakti. 1966-yil 16-dekabr.
- O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi — www.lex.uz: https://lex.uz.
- O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali — www.gov.uz: https://gov.uz.
- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy axborot portali — Advice.adliya.uz: https://advice.adliya.uz/oz/document/2719.
- O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining rasmiy sayti — Qonunchilik hujjatlari: https://gov.uz/oz/wcu/pages/qonunlar.