KLIKBEYT SARLAVHALARDA O‘QUVCHI DIQQATINI BOSHQARISH STRATEGIYALARI
Annotatsiya
Tezisda o‘zbek onlayn nashrlari sarlavhalarida klikbeyt (clickbait)ning o‘quvchi diqqatini boshqarish strategiyalari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi — o‘zbek media-diskursida qo‘llanadigan diqqatni jalb qilish strategiyalarini aniqlash, tasniflash va ularning til vositalarini ochib berishdan iborat. Tadqiqotda tavsifiy, pragmatik va kontekstual tahlil hamda tasniflash usullaridan foydalanildi. Tahlil natijasida qiziqish bo‘shlig‘i, hissiy ta’sir, o‘quvchiga bevosita murojaat, shoshilinchlik, aniqlik illyuziyasi va ijtimoiy tasdiq strategiyalari hamda ularni yuzaga chiqaruvchi leksik, sintaktik va grafik-vizual vositalar aniqlandi.
Kalit so'zlar
klikbeyt
sarlavha
diqqatni boshqarish
qiziqish bo‘shlig‘i
pragmatik strategiya
onlayn nashr
Foydalanilgan adabiyotlar
- Blom J.N., Hansen K.R. Click bait: Forward-reference as lure in online news headlines // Journal of Pragmatics. – 2015. – Vol. 76. – P. 87–100.
- Chen Y., Conroy N.J., Rubin V.L. Misleading Online Content: Recognizing Clickbait as “False News” // Proceedings of the ACM Workshop on Multimodal Deception Detection. – 2015. – P. 15–19.
- Loewenstein G. The psychology of curiosity: A review and reinterpretation // Psychological Bulletin. – 1994. – Vol. 116, No. 1. – P. 75–98.
- Safarov Sh. Pragmalingvistika. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2008. – 300 b.
- Yo‘ldoshev M., Isoqov Z., Haydarov Sh. Badiiy matnning lisoniy tahlili. – Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010. – 112 b.