SANOAT CHIQINDILARIDAN FOYDALANGAN HOLDASEMENT – GEOPOLIMER KOMPOZITLARNING KORROZIYAGA CHIDAMLILIGINI OSHIRISH
Annotatsiya
Mazkur tezisda sanoat chiqindilaridan foydalanish asosida sement – geopolimer kompozit qurilish materiallarini olish va ularing korroziyaga chidamliligini oshirish masalalari yoritilgan. Hozirgi vaqtda qurilish sohasida yuqori mustahkamlikka ega, uzoq muddat hizmat qiluvchi, agressiv tashqi muhit ta’siriga chidamli va eologik jihatdan samarali materiallarga bo’lgan talab ortib bormoqda. Sement ishlab chiqarish jarayonida kata miqdorda energiya sarflanishi va atmosferaga karbonat angidrid ajralishi sababli sement sarfini qisman kamaytirish hamda sanoat chiqindilaridan ikilamchi xom ashyo sifatida foydalanish muhim yo’nalishlardan biridir. Sanoat chiqindilarining mineral tarkibi va reaktivlik hususiyatlaridan foydalanish orqali sement - geopolimer boglovchi tizimlarining xususiyatlarini boshqarish mumkin. Tadqiqotda kompozitlarning fizik – mexanik ko’rsatgichlari, suv shimuvchanligi, zichligi, agressiv muxitga chidamliligi va korroziya jarayonlariga qarshiligi o’rganilishi nazarda tutiladi. Shuningdek ,kompozit tarkibidagi komponentlarning o’zaro ta’siri va material strukturasining shakillanishi bilan uning korroziyaga chidamliligi o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlashga e’tibor qaratiladi.
Kalit so'zlar
Foydalanilgan adabiyotlar
- Davidovits J. Geopolimer Chemistry and Applications.
- Provis J. L., van Deventer J.S.J Geopolimers: Structures, Processing, Properties and Industrial Applications.
- Mehta P.K., Monteiro P.J.M. Concrete: Microstructure, Properties and Materials.
- Neville A. Properties Concrete