SURXON VOHASI TIBBIYOT MUASSASALARIDA ZAMONAVIY MODDIY-TEXNIKA BAZASINING MUSTAHKAMLANISHI
Annotatsiya
Ushbu maqolada mustaqillik yillarida, xususan, so‘nggi yillarda Surxondaryo viloyati tibbiyot muassasalarining moddiy - texnika bazasini tubdan modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda vo hadagi davolash - profilaktika maskanlarini zamonaviy diagnostika apparatlari, yuqori texnologiyali xirurgik uskunalar va raqamli texnologiyalar bilan jihozlash masalalari statistik ma’lumotlar asosida atroflicha yoritilgan. Shuningdek, chekka hududlarda bir lamchi tibbiy - sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish, "oltin soat" tamoyili asosida shoshilinch tibbiy xizmat sifatini oshirish hamda hududda buyrak ko‘chirish va murakkab kardiologik operatsiyalarni mahalliylashtirish natijalari ko‘rib chiqiladi. Ma qolada sohani moliyalashtirish dinamikasi, kadrlar ta’minotidagi mavjud tizimli muammolar va raqamli "Salomatlik profili" tizimining aholi salomatligini muhofaza qilishdagi ijtimoiy - iqtisodiy samaradorligi statistik ko'rsatkichlar orqali ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
Kalit so'zlar
Foydalanilgan adabiyotlar
- RO‘YXATI:
- 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 - yil 1 - apreldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ - 2863 - son qarori.
- 2.Surxondaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2020 – 2022 - yillar yakunlari bo‘yicha statistik to‘plami. — Termiz, 2023. — 45 - 62 - b.
- 3.Mirziyoyev Sh.M. Tibbiyotdagi islohotlar — inson qadri uchun: Tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqotdagi nutqi. — Toshkent: O‘zbekiston, 2022.
- 4.Xudaykulov A.K. Sog‘liqni saqlash iqtisodiyoti va zamonaviy boshqaruv usullari. — Toshkent: Tibbiyot nashriyoti, 2021. — 112 - b.
- 5.Statistik ma’lumotlar to‘plami: O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi ko‘rsatkichlari. — Toshkent: Davlat statistika qo‘mitasi, 2021.