ISFAYRAM–SHOHIMARDONSOY KONUS YOYILMASI SUG‘ORILADIGAN BO‘Z TUPROQLARIDA GUMUS VA OZIQA ELEMENTLARINING PROFIL BO‘YLAB TAQSIMLANISHI
Annotatsiya
Mazkur maqolada Farg‘ona vodiysining Isfayram–Shohimardonsoy konus yoyilmasida shakllangan sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarning agrokimyoviy xususiyatlari, gumus va asosiy oziqa elementlarining tuproq profili bo‘ylab taqsimlanishi o‘rganilgan. Tadqiqot davomida tuproqning 0–100 sm qatlamida gumus, umumiy azot, fosfor, kaliy, nitrat azoti, harakatchan fosfor, almashinuvchi kaliy hamda pH ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Dastlabki natijalarga ko‘ra, tuproqning yuqori qatlamlarida gumus va oziqa elementlari miqdori nisbatan yuqori bo‘lib, quyi qatlamlarga tomon kamayib borishi aniqlangan. Olingan natijalarning tuproq unumdorligini baholash va mineral o‘g‘itlardan samarali foydalanishdagi ahamiyati yoritilgan.
Kalit so'zlar
sug‘oriladigan bo‘z tuproqlar
gumus
azot
fosfor
kaliy
tuproq profili
agrokimyoviy xususiyatlar
tuproq unumdorligi
konus yoyilmasi
Foydalanilgan adabiyotlar
- Максудов А. Почвы Центральной Ферганы и их изменения в связи с орошением. – Ташкент: Фан, 1979. – 120 с.
- Турдалиев А.Т., Аскаров К.А., Мирзаев Ф.А.У. Морфологические особенности орошаемых почв Центральной Ферганы // Почвы и окружающая среда. – 2019. – Т. 2. – № 3. – e71. https://doi.org/10.31251/pos.v2i3.71
- Boboxo‘jayev I.P. Tuproqshunoslik : darslik / I.P. Boboxo‘jayev, P.U. Uzoqov. – Toshkent : Mehnat, 1995.
- Qo‘ziyev R. O‘zbekiston tuproqlari va ulardan samarali foydalanish : darslik / R. Qo‘ziyev, G‘. Yuldashev. – Toshkent : Zilol buloq, 2019.
- Yuldashev G‘. Tuproq kimyosi : darslik / G‘. Yuldashev, T. Abdraxmanov, Z. Jabbarov. – Toshkent : Mumtoz so‘z, 2018.