Bekobod shahri va Bekobod tumani hududlarida ichimlik suv olish inshootlarining holatini baholash
Annotatsiya
Mazkur maqolada Bekobod shahri va Bekobod tumani hududlaridagi yer osti suvlarining gidrogeologik sharoitlari hamda mavj ud ichimlik suv olish inshootlarining ekspluatatsion holati tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi hududdagi suvli gorizontlarning shakllanish va tarqalish sharoitlarini, suv beruvchanlik xususiyatlarini, gidrogeokimyoviy tarkibini hamda ichimlik suv ta’minoti uchun foydalanish imkoniyatlarini baholashdan iborat. Tadqiqotlarda dala gidrogeologik kuzatuvlari, burg‘ilash, tajriba - suv chiqarish ishlari, gidrogeologik monitoring, laboratoriya - gidrogeokimyoviy tahlillar, statistik va qiyosiy tahlil usullar idan foydalanilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, hududdagi yer osti suvlarining shakllanishi geologik - litologik tuzilish, Sirdaryo vodiysi, sug‘orish tizimlari va tog‘oldi hududlaridan keluvchi yer osti oqimlari bilan chambarchas bog‘liq. O‘rta - quyi to‘rtl amchi suvli gorizontlarda yuqori suv beruvchanlik va nisbatan past minerallashuv aniqlangan. Mazkur gorizontlarda minerallashuv asosan 0,2 – 0,5 g/l, ayrim neogen suvli gorizontlarda esa 0,46 – 0,61 g/l ni tashkil etadi. Yuqori to‘rtlamchi grunt suvlarida ayri m hududlarda minerallashuv 1,6 – 1,8 g/l gacha yetishi aniqlangan. Tadqiqot natijalari Bekobod shahri va tumani ichimlik suv ta’minotini barqarorlashtirishda o‘rta - quyi to‘rtlamchi hamda chuqur joylashgan neogen suvli gorizontlardan foydalanish istiqbollarin i ko‘rsatadi. Shuningdek, 200 – 400 m chuqurlikdagi suvli gorizontlarni qo‘shimcha o‘rganish, yangi qidiruv - razvedka quduqlarini burg‘ilash hamda yer osti suvlarining miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha kompleks monitoring olib borish zarurligi asoslangan.
Kalit so'zlar
Foydalanilgan adabiyotlar
- Александров А.Г., Насонов В.Г., Паномарев В.Н. Оценка запасов подземных вод северо–восточной части
- Голодной степи методом моделирования. Сборник «Материалы по гидрогеологии», вып. 415, ТашГУ, 1971 г.
- Бочевер Ф.М., Гарманов И.В., Лебедев А.В., Шестаков В.М. Основы гидрогеологических расчетов.
- Издательство «Недра», 1969 г.
- Биндеман Н.Н., Язвин А.С. Оценка эксплуатационных запасов подземных вод (Методическое
- руководство). Издательство «Недра», Москва, 1970 г.
- Боревский Б.В., Самсанов Б.Г., Язвин А.С. Методика определения параметров водоносных горизонтов по
- данным откачек. Издательство «Недра», Москва, 1973 г.
- Марком Н.З., Мунукьян Д.А. Методика определения гидрогеологических параметров двухслойной среды
- по данным опытных работ. «Разведка и охрана недр», №10, 1968 г.
- Мирзаев С.Ш. Запасы подземных вод Узбекистана. Издательство «Фан», Ташкент, 1974 г.