Barcha jurnallar
🔍
💡 Tezkor qidiruv uchun Ctrl+K tugmasini bosing

DALVARZINTEPA — QADIMGI SHAHAR MADANIYATINING NOYOB NAMUNASI

IS

Ishnazarova Shaxnoza Ruziyevna

Termiz arxeologiya muzeyi yetakchi mutaxassisi

Central Asian Research Journal of Natural and Exact Sciences, Vol. 1 No. 2 (2026)
Betlar: 52-63

Annotatsiya

Mazkur maqolada Surxondaryo vohasida joylashgan Dalvarzintepa arxeologik yodgorligining qadimgi shahar madaniyati tarixidagi o‘rni va ahamiyati tahlil 52 2026 / № 1(2) q ilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi Dalvarzintepaning shakllanishi, shaharsozlik tuzilishi, mudofaa tizimi, hunarmandchiligi, diniy hayoti, savdo - iqtisodiy aloqalari hamda moddiy madaniyatini arxeologik manbalar asosida yoritishdan iborat. Dalvarzintepa S urxondaryo vohasining o‘rta qismida joylashgan bo‘lib, uning tarixiy taraqqiyoti Yunon - Baqtriya va Kushonlar davrlari bilan bevosita bog‘liq. Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, yodgorlikning dastlabki shaharlik bosqichi miloddan avvalgi II – I asrlarga borib ta qaladi, Kushonlar davrida esa u yirik urbanistik markaz sifatida taraqqiy etgan. Tadqiqot davomida Dalvarzintepa hududidagi mudofaa devorlari, qal’a, turar joylar, hunarmandchilik kvartallari, diniy inshootlar va boshqa arxeologik majmualarning o‘zaro aloq asi tahlil qilindi. Shuningdek, yodgorlikdan topilgan zargarlik buyumlari, tangalar, keramika, fil suyagidan ishlangan ashyolar, haykaltaroshlik namunalari va boshqa topilmalar asosida qadimgi shahar aholisining ijtimoiy - iqtisodiy va madaniy hayoti yoritil di. Maqolada Dalvarzintepa Shimoliy Baqtriya urbanizatsiyasi, Kushonlar davri madaniyati va Buyuk Ipak yo‘li doirasidagi madaniy - iqtisodiy aloqalarni o‘rganishda muhim arxeologik manba ekanligi asoslanadi.

Dalvarzintepa Surxondaryo Shimoli y Baqtriya Yunon - Baqtriya Kushonlar qadimgi shahar urbanizatsiya arxeologiya shaharsozlik hunarmandchilik zargarlik buddaviylik moddiy madaniyat savdo Buyuk Ipak yo‘li

PDF yuklab olish

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Pugachenkova G.A., Rtveladze E.V. (red.). Dalverzintepe: Kushanskiy gorod
  2. na yuge Uzbekistana. — Tashkent: Fan, 1978. — 237 s.
  3. Pugachenkova G.A. Dal’verzin Tepe // Encyclopaedia Iranica. — Vol. VI. —
  4. Fasc. 6. — 1993. — P. 614–615.
  5. Pugachenkova G.A. Khalchayan: K probleme khudozhestvennoy kultury
  6. Severnoy Baktrii. — Tashkent: Fan, 1966.
  7. Pugachenkova G.A. Iskusstvo Baktrii epokhi Kushan. — Moskva: Nauka,
  8. 1979.
  9. Pugachenkova G.A. Les trésors de Dalverzin-tepe. — Leningrad: Aurora Art
  10. Publishers, 1978.
  11. Bernard P. Une nouvelle contribution soviétique à l’histoire des Kushans: la
  12. fouille de Dal’verzin-tépé (Ouzbékistan) // Bulletin de l’École française d’ExtrêmeOrient. — 1980. — T. 68. — P. 313–344.
  13. Pugachenkova G.A., Turgunov B.A. Novyy buddiyskiy pamyatnik v yuzhnom
  14. Uzbekistane // Pamyatniki kultury. Novye otkrytiya. — Moskva, 1989. — S. 519–530.
  15. Stavisky B.Ya. Kara-tepe I. — Moskva: Nauka, 1964.
  16. Stavisky B.Ya. Kara-tepe II. — Moskva: Nauka, 1969.
  17. Pidaev Sh.R. Dalvarzintepa: yangi arxeologik tadqiqotlar materiallari. —
  18. Toshkent: Fan.
  19. Harmatta J. Languages and Literature in the Kushan Empire // History of
  20. Civilizations of Central Asia. Vol. II. — Paris: UNESCO, 1994.
  21. Leriche P., Pidaev Sh.R. Termez sur Oxus: Cité-capitale d’Asie centrale. —
  22. Paris: Maisonneuve & Larose, 2008.
  23. Grenet F. The urban fact in pre-Islamic Central Asia: diachronic and
  24. synchronic approaches. — Collège de France.
  25. Lo Muzio C. L’archeologia dell’Asia centrale: la Mesopotamia
  26. centroasiatica. — Treccani.
  27. Encyclopaedia Iranica. Archaeology V. Pre-Islamic Central Asia. —
  28. Dalverzin materiallari.
  29. Ubaydullaev L., Ubaydullaeva I. The Role and Significance of the
  30. Dalvarzintepa Archeological Site in the Artistic Heritage of Uzbekistan // International
  31. Engineering Journal for Research & Development.