SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA MATEMATIKA TA’LIMI NATIJALARINING STATISTIK TAHLILI
Annotatsiya
Matematika ta’limida sun’iy intellekt integratsiyasi o‘quvchilar o‘zlashtirishini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lsa-da, uning natijalariga ta’siri to‘liq o‘rganilmagan. Ushbu tadqiqot sun’iy intellekt texnologiyalarini matematika ta’limiga integratsiya qilish natijalarini statistik tahlil qilishni maqsad qilgan. Tizimli adabiyot sharhi metodologiyasi asosida, 2020-2024 yillar oralig‘ida 12 ta referi qilingan maqola tahlil qilindi. Natijalar sun’iy intellekt platformalarida bilim darajasi 22% ga o‘sganini, baholash tizimlari o‘zlashtirishni 34-42% ga oshirganini ko‘rsatdi. Qiziqish 91% ga, mustaqil ishlashga intilish 85% ga oshgan. Biroq, sun’iy intellektga haddan tashqari tayanish tanqidiy fikrlash bilan manfiy bog‘liqlikni (r = -0,68) ko‘rsatdi. Xulosa qilib aytganda, sun’iy intellekt matematika ta’limida samarali, ammo uning qo‘llash rejimi tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun ehtiyotkorlik bilan boshqarilishi lozim.
Kalit so'zlar
Foydalanilgan adabiyotlar
- O‘qituvchilarning tayyorgarligi: Xalqaro miqyosdagi SI bo‘yicha o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanish dasturlari va O‘zbekistond... – https://zenodo.org/records/20439687/files/aiphil-s3-20439687.pdf?download=1
- Raqamli ta'lim platformalarida matematika o'qitishda sun'iy intellekt yordamida baholash tizimini takomillashtirish – https://zenodo.org/records/20132404