Barcha jurnallar
🔍
💡 Tezkor qidiruv uchun Ctrl+K

G‘O‘ZA ( Gossypium hirsutum L.) DURAGAYLARIDA JAMI KO‘SAKLAR SONINING GENETIK O‘ZGARUVCHANLIGI, GETEROZISI VA IRSIYLANISHI

XA

Xakimov Abdumurod Esirgap o‘g‘li

q/x.f.f.d., katta ilmiy xodim, Moyli va tolali ekinlar ilmiy tajriba stansiyasi ilmiy

NZ

Namozov Zuxriddin Abdikarimovich

Mustaqil-tadqiqotchi

Ilm Sinergiyasi, Vol. 1 No. 1 (2026)
Betlar: 18-22

Annotatsiya

Tadqiqotda g‘o‘zaning ( Gossypium hirsutum L.) jami ko‘saklar soni bo‘yicha genetik o‘zgaruvchanligi, geterozisi va irsiylanishi o‘rganildi. Yulduz, Niso, Guliston, SSB K - 1, T - 1336 va T - 1391 genotiplari asosida to‘liq diallel chatishtirish orqali 30 ta F₁ kombinatsiyasi olindi va F₂ avlodlari shak llantirildi. Ota - ona shakllarida jami ko‘saklar soni 15,4 – 17,3 dona bo‘ldi. F₁ avlodida eng yuqori geterozis Niso × Yulduz (58,2%), Niso × Guliston (51,5%) va Yulduz × T - 1336 (26,06%) kombinatsiyalarida qayd etildi. F₂ populyatsiyalarida variatsiya koeffitsiyenti 18,6 – 25,3%, irsiylanish koeffitsiyenti esa 0,50 – 0,81 oralig‘ida bo‘ldi. Natijalar mazkur kombinatsiyalardan g‘o‘zaning hosildorlik komponentlarini yaxshilashda foydalanish mumkinligini ko‘rsatdi.

g‘o‘za Gossypium hirsutum L. ko‘saklar soni F₁ F₂ geterozis irsiylanish genetik o‘zgaruvchanlik seleksiya.

PDF yuklab olish

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. FALCONER, D.S.; MACKAY, T.F.C. Introduction to Quantitative Genetics. 4th ed. Longman, Harlow, 1996.
  2. ALI, M.A.; ABBAS, A.; KHAN, M. Genetic improvement of yield traits in cotton. Pakistan Journal of Botany. 2009, 41: 2359 – 2367.
  3. BALOCH, M.J.; LAKHO, A.R.; BALOCH, G.M. Heterosis studies in upland cotton. Theoretical and Applied Genetics. 1993, 86: 123 – 128.
  4. IQBAL, M.; KHAN, M.A.; AHMAD, S. Heterosis and combining ability in cotton. Field Crops Research. 2013, 149: 167 – 174.
  5. MUMINOV, K.; AMANOV, B.; BURONOV, A.; TURSUNOVA, N.; UMIROVA, L. Analysis of yield and fiber quality traits in intraspecific and interspecific hybrids of cotton. SABRAO Journal of Breeding and Genetics. 2023, 55(2): 453 – 462.