Barcha jurnallar
🔍
💡 Tezkor qidiruv uchun Ctrl+K

MARKAZIY QIZILQUM HUDUDIDA TUZ TO‘PLANISH JARAYONLARI VA MINERAL XOMASHYO ISTIQBOLLARI

MA

Mirzayev A.U

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi raisi.

SS

Sharipov Sh.F

Bo‘lim boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy bo‘limi

DV

Davlatova V.D.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Navoiy bo‘limi

Ilm Sinergiyasi, Vol. 1 No. 2 (2026)
Betlar: 11-16

Annotatsiya

Maqolada Markaziy Qizilqum hududida zamonaviy tuz to‘planishining geologik, geomorfologik va gidrogeokimyoviy xususiyatlari tahlil qilingan. Tuzli ko‘llar va tuzlarning shaklla nishida xududning geologik tuzilishi, eotsen gillarining suv o‘tkazuvchanligi, yer osti suvlari, mavsumiy oqimlar va bug‘lanish jarayonlarining ahamiyati yoritilgan. Hududda tarqalgan xloridli - natriyli, sulfatli - natriyli va sulfatli - natriy - magniyli mineral lashuv turlari, shuningdek, galit, mirabilit, tenardit, astraxanit va epsomit minerallarining to‘planish sharoitlari ko‘rib chiqilgan. Mullali, Saylyauquduq va Lyavlyakan ko‘llari misolida tuzlarning hosil bo‘lishi va qayta taqsimlanishining ehtimoliy mexa nizmlari baholangan. Hududning mineral xomashyo resurslarini o‘rganish va istiqbolli maydonlarni aniqlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Markaziy Qizilqum tuz to‘planishi tuzli ko‘llar galit mirabilit tenardit astraxanit gidrogeokimyo eotsen gillari mineral xomashyo.

PDF yuklab olish

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Rubanov I.V. Markaziy Qizilqumning zamonaviy tuz konlari. - Toshkent: "Fan".
  2. 1961. - 71 b.
  3. Rubanov I.V. Neogen - antropogen sulfat hosilalari. Kitobda: O‘zbekistonning postpaleozoy yotqiziqlari. - Toshkent: O‘zSSR "Fan" nashriyoti, 1973. - B. 33 - 38.
  4. Rubanov I.V. va boshqalar. Xlormagniy eritmasi (bishofit) Qizilqumning Lyavlyakan ko‘llari shifobaxsh foydali mineral hisoblanadi. O‘zbekiston geologiya jurnali. - № 5. - Toshkent: O‘zSSR "Fan" nashriyoti, 1991. - B. 23 - 28.
  5. Sharipov Sh. F., Mirzayev A. U. Markaziy Qizilqumlarning zamonaviy ko‘llaridagi mineral tuzlar // O‘zbekiston tog‘gazetasi, No 4, (87) Navoiy, 2021. 46 - 49 betlar.
  6. Sharipov Sh. F., Mirzayev A. U. Markaziy Qizilqumdagi zamonaviy Tuzquduq va Saylakuduq ko‘llarining mineral tuzlari / / O‘zbekiston tog‘gazetasi. - № 1 (91). - Navoiy,
  7. 2022. - B. 53 - 57.