O‘QUVCHILARDA IJTIMOIY - EMOTSIONAL KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim jarayonida o‘quvchilarning ijtimoiy - emotsional kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik asoslari nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’limning asosiy maqsadi o‘quvchiga faqat akademik bilim va ko‘nikmalar ni berish bilan cheklanmay, uning shaxsiy, ijtimoiy va emotsional rivojlanishini ta’minlashni ham nazarda tutadi. Shu nuqtayi nazardan, o‘z his - tuyg‘ularini anglash va boshqarish, empatiya, muloqot, hamkorlik, mas’uliyatli qaror qabul qilish hamda nizoli v aziyatlarni konstruktiv hal etish kabi kompetensiyalar o‘quvchi shaxsining har tomonlama shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda ijtimoiy - emotsional kompetensiya tushunchasining mazmuni, uning tarkibiy komponentlari, ta’lim va tarbiya jarayoni dagi pedagogik imkoniyatlari hamda uni rivojlantirishning samarali metodlari tizimlashtirildi. Xalqaro ilmiy manbalar va OECD tadqiqotlari asosida ijtimoiy - emotsional ko‘nikmalarning akademik natijalar, farovonlik va ijtimoiy xulq - atvor bilan o‘zaro bog‘li qligi asoslandi. Maqolada o‘qituvchi – o‘quvchi munosabati, hamkorlikdagi ta’lim, refleksiya, muammoli vaziyatlar, rolli o‘yinlar, guruhli ish va formatif baholash ijtimoiy - emotsional kompetensiyalarni shakllantirishning muhim pedagogik vositalari sifatida k o‘rib chiqiladi.
Kalit so'zlar
Foydalanilgan adabiyotlar
- OECD. Social and Emotional Skills for Better Lives: Findings from the OECD Survey on Social and Emotional Skills 2023. – Paris: OECD Publishing, 2024. – 158 p.
- OECD. How to Advanc e the Teaching and Assessment of Social and Emotional Skills. OECD Education Spotlights, No. 15. – Paris: OECD Publishing, 2024.
- OECD. Results from TALIS 2024: Country Notes – Uzbekistan. – OECD, 2025.
- UNESCO. Miao F., Cukurova M. AI Competency Frame work for Teachers. – Paris: UNESCO, 2024.
- UNESCO. Miao F., Shiohira K., Lao N. AI Competency Framework for Students. – Paris: UNESCO, 2024.
- Yao Y., Amos M., Snider K., Brown T. The Impact of Formative Assessment on K - 12 Learning: A Meta - Analysis // E ducational Research and Evaluation. – 2024. – Vol. 29, No. 7 – 8. – P. 452 – 475.
- Lee H., Chung H.Q., Zhang Y., Abedi J., Warschauer M. The Effectiveness and Features of Formative Assessment in US K - 12 Education: A Systematic Review // Applied Measurement in Education. – 2020. – Vol. 33, No. 2. – P. 124 – 140.
- Morris R., Perry T., W ardle L. Formative Assessment and Feedback for Learning in Higher Education: A Systematic Review // Review of Education. – 2021. – Vol. 9, No. 3. – e3292.
- Durlak J.A., Weissberg R.P., Dymnicki A.B., Taylor R.D., Schellinger K.B. The Impact of Enhancing Students‘Social and Emotional Learning: A Meta - Analysis of School - Based Universal Interventions // Child Development. – 2011. – Vol. 82, No. 1. – P. 405 –
- CASEL. What Is the CASEL Framework? Collaborative for Academic, Social, and Emotional Learnin g. – Chicago, 2020.
- Zins J.E., Weissberg R.P., Wang M.C., Walberg H.J. Building Academic Success on Social and Emotional Learning: What Does the Research Say? – New York: Teachers College Press, 2004.
- Hattie J. Visible Learning: A Synthesis of Over 800 Meta - Analyses Relating to Achievement. – London: Routledge, 2009.
- Black P., Wiliam D. Assessment and Classroom Learning // Assessment in Education: Principles, Policy & Practice. – 1998. – Vol. 5, No. 1. – P. 7 – 74.
- Goleman D. Emotional Intelli gence: Why It Can Matter More Than IQ. – New York: Bantam Books, 1995.
- Bandura A. Social Learning Theory. – Englewood Cliffs: Prentice - Hall, 1977.