SOLIQ TIZIMIDA BOLTIQBO‘YI DAVLATLARI TAJRIBASIGA DOIR TADQIQOTLAR TAHLILI
Annotatsiya
Maqolada ilg‘or xorijiy tajribalar, xususan, Boltiqbo‘yi davlatlari (Estoniya, Latviya, Litva) amaliyoti asosida soliq ma’muriyatchiligini raqamlashtirish va soliq tushumlari samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan. Statistik ma’l umotlar va tahliliy hisobotlar asosida O‘zbekistondagi yashirin iqtisodiyot muammolari, kichik biznes subyektlarining soliq organlari bilan raqamli integratsiyalashuv darajasi hamda “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan chora - tadbirlar tahlil qil ingan. Xulosa qismida hududiy fiskal barqarorlikni ta’minlash va yashirin iqtisodiyotni qisqartirish maqsadida Boltiqbo‘yi mamlakatlarining muvaffaqiyatli soliq tajribasini milliy iqtisodiyotga tatbiq etish imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan.