Barcha jurnallar
🔍
💡 Tezkor qidiruv uchun Ctrl+K tugmasini bosing

O‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNESNI MOLIYALASHTIRISHNING HUQUQIY - IQTISODIY MEXANIZMLARI: MUAMMOLAR VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

TI

Toshpo‘latova Iroda Dilmurod qizi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Pendidikan xalqaro qo‘shma ta’lim dasturi fakulteti 4-bosqich talabasi

Science Hub Review, Vol. 1 No. 5 (2026)
Betlar: 64-71

Annotatsiya

Ushbu maqolada O‘zbekistonda kichik biznesni moliyalashtirishning huquqiy va iqtisodiy mexanizmlari, ularning tadbirkorlik faolligi hamda iqtisodiy o‘sishga ta‘siri tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi kichik biznes subyektlarining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan amaldagi huquqiy vositalarni baholash va ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda normativ - huquqiy hujjatlarni tahlil qilish, rasmiy statistik ma‘lumotlarni qiyos lash, tizimli yondashuv va huquqiy - iqtisodiy tahlil usullaridan foydalanildi. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining SIAT ma‘lumotlariga ko‘ra, kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2024 - yilda 53,5 foizni, 2025 - yilda esa 52,2 foizni tashkil etgan. Shuningdek, 2025 - yil 18 - apreldan kuchga kirgan O‘RQ - 1058 - son Qonun bilan kafolatlar berish tashkilotlari va faktoring tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslari kengaytirildi. Tahlil natijalari kredit ta‘minoti, aylanma mablag‘lar y etishmasligi, hududlar kesimidagi tafovutlar va moliyaviy savodxonlik masalalari dolzarbligini ko‘rsatadi. Maqolada kafillik va faktoring vositalarini amaliyotga tatbiq etish, shaffof axborot almashinuvi hamda hududiy moliyalashtirish mexanizmlarini rivojl antirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. Shuningdek, mazkur instrumentlar samaradorligini baholashda moliyalashtirish qiymati, qamrov darajasi va kichik korxonalar pul oqimiga ta‘sirini hisobga olish zarurligi asoslab beriladi.

kichik biznes tadbirkorlik moliyalashtirish faktoring kafolat kredit moliyaviy resurslar iqtisodiy o‘sish huquqiy mexanizm O‘zbekiston.

PDF yuklab olish

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Kichik biznes va xususiy
  2. tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi (SIAT ma’lumotlar bazasi).
  3. https://siat.stat.uz/data/420/?lang=uz
  4. O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi O‘RQ-1058-son Qonuni.
  5. Tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi
  6. munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va
  7. qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida. https://lex.uz/uz/acts/-7481639
  8. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-son Qonuni.
  9. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida (yangi tahriri).
  10. https://lex.uz/uz/acts/-2006789
  11. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy
  12. qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga oid O‘RQ-1058-son Qonun sharhi.
  13. https://cbu.uz/uz/press_center/news/2354732/
  14. J. Chris Leach, Ronald W. Melicher — Entrepreneurial Finance, 7th edition.
  15. Cengage Learning, 2021.
  16. Robert D. Hisrich, Michael P. Peters, Dean A. Shepherd — Entrepreneurship, 11th
  17. edition. McGraw-Hill Education, 2020.