XX ASR BOSHLARIDAGI TURKISTON MILLIY ISTIQLOLCHILIK HARAKATI: "BOSMACHILIK" TAMG‘ASI ORTIDAGI TARIXIY VA IJTIMOIY - SIYOSIY HAQIQATLAR
Annotatsiya
Ushbu maqolada XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida sho‘ro (sovet) mustamlakachiligiga va tayziqiga qarshi olib borilgan qurolli milliy ozodlik harakati, uning kelib chiqishining tarixiy - ijtimoiy ildizlari hamda jadidlar bilan bo‘lgan g‘oyaviy va strategi k ittifoqi tahlil qilinadi. Sovet ideologiyasi tomonidan harakat qatnashchilariga yopishtirilgan "bosmachi" mafkuraviy tamg‘asining soxtaligi ilmiy va tarixiy - etimologik jihatdan asoslanadi. Shuningdek, Qo‘qon fojiasi, harbiy harakatlar strategiyasi, Anvar Posho va Ibrohimbek To‘qsabo kabi yetakchilarning o‘rni hamda mustaqillik yillarida tiklangan tarixiy adolat ko‘rib chiqiladi.
Kalit so'zlar
Qo‘rboshi
bosmachi
mujohid
istiqlolchilik harakati
jadidlar
Turkiston muxtoriyati
Qo‘qon fojiasi
Ibrohimb ek To‘qsabo
Anvar Posho
Foydalanilgan adabiyotlar
- Rajabov Q. Istiqlolchilik harakati va mohiyati. – Toshkent: "Yangi asr avlodi", 2015.
- Xo‘jayev M. Shermuhammadbek va qo‘rboshilar jasorati. – Toshkent: "Hilol Nashr", 2019.
- Hamroqulov S. Yaypan: kecha va bugun. – Farg‘ona, 2010.