Barcha jurnallar
🔍
💡 Tezkor qidiruv uchun Ctrl+K tugmasini bosing

BOJXONA ORGANLARINING HUQUQIY ASOSLARI (BOJXONA KODEKSI VA BOSHQA QONUN HUJJATLARI)

GM

G‘oziyev Murodjon Shokirjonovich

Farg‘ona davlat universiteti

MX

Mo‘minjonov Xurshidbek Sherzodjon o‘g‘li

Farg‘ona davlat universiteti

Science Hub Review, Vol. 1 No. 5 (2026)
Betlar: 436-441

Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari faoliyatining huquqiy asoslari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-400-son Qonun bilan tasdiqlangan Bojxona kodeksining mazmuni, “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning bojxona organlari maqomini belgilashdagi o‘rni, shuningdek Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va xalqaro shartnomalarning ahamiyati yoritiladi. Bojxona organlarining tizimi, asosiy vazifalari, vakolatlari va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik masalalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, 2026-yil 27-avgustdagi Farmon bilan tasdiqlangan “Yangi O‘zbekiston bojxonasi – 2030” strategiyasining huquqiy asoslarni takomillashtirishdagi istiqbollari baholanadi.

bojxona organlari Bojxona kodeksi bojxona qonunchiligi bojxona nazorati bojxona rasmiylashtiruvi huquqiy asoslar O‘zbekiston

PDF yuklab olish

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi. 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-400-son Qonun bilan tasdiqlangan (amaldagi tahriri). – lex.uz.
  2. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni (amaldagi tahriri). – lex.uz.
  3. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (amaldagi tahriri). – lex.uz.
  4. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (amaldagi tahriri). – lex.uz.
  5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi farmoni (Davlat bojxona qo‘mitasini Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etish to‘g‘risida).
  6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi “Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona ma’muriyatchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
  7. Bojxona: yangi farmon va uning afzalliklari // UzA, 2026-yil 12-sentyabr. – uza.uz.
  8. Yangi Bojxona kodeksi sezilarli darajada kengaytirildi // Norma.uz, 2016-yil 8-fevral. – norma.uz.