SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASHNING HUQUQIY MUAMMOLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish jarayonida yuzaga keladigan huquqiy muammolar tizimli tahlil qilinadi. Tadqiqot O‘zbekiston Respublikasining 2026-yilda qabul qilingan O‘RQ-1115 va O‘RQ-1125-sonli qonunlari bilan yangilangan milliy qonunchiligi, Yevropa Ittifoqining Ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha umumiy reglamenti (GDPR) va Sun’iy intellekt to‘g‘risidagi reglamenti (AI Act), Yevropa Kengashining Sun’iy intellekt bo‘yicha doiraviy konvensiyasi hamda Qozog‘iston Respublikasining “Sun’iy intellekt to‘g‘risida”gi qonuni qiyosida olib borilgan. Ishlov berishning huquqiy asosi va rozilik instituti, maqsadni cheklash va minimallashtirish tamoyillari, avtomatlashtirilgan qarorlar va “tushuntirish huquqi”, algoritmik kamsitish, o‘qitish ma’lumotlari va modellar “xotirasi”, biometrik identifikatsiya va dipfeyklar, transchegaraviy uzatish hamda javobgarlikni taqsimlash masalalari asosiy muammolar sifatida ajratib ko‘rsatilgan. Muallif “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonunga sun’iy intellekt tizimlariga xos normalarni kiritish, ta’sirni baholash majburiyatini joriy etish, subyektning tushuntirish olish va inson aralashuvini talab qilish huquqini aniqlashtirish hamda mustaqil nazorat organini shakllantirish bo‘yicha takliflarni asoslab bergan.
Kalit so'zlar
Foydalanilgan adabiyotlar
- O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2023.
- O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘RQ-1115-son Qonun tahririda).
- O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni. 2003-yil 11-dekabr, 560-II-son.
- O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni. 2019-yil 2-iyul, O‘RQ-547-son.
- O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. 2026-yil 21-yanvar, O‘RQ-1115-son.
- O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. 2026-yil 26-mart, O‘RQ-1125-son.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. 2024-yil 14-oktyabr, PQ-358-son.
- Raimov E.B., Abdumo‘minova S.O. O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunining huquqiy tahlili // Yurisprudensiya. – 2026. – Jild 6. – № 4. – B. 57–62.
- Barocas S., Selbst A.D. Big Data’s Disparate Impact // California Law Review. – 2016. – Vol. 104. – No. 3. – P. 671–732.
- Buolamwini J., Gebru T. Gender Shades: Intersectional Accuracy Disparities in Commercial Gender Classification // Proceedings of Machine Learning Research. – 2018. – Vol. 81. – P. 77–91.
- Carlini N., Tramèr F., Wallace E. et al. Extracting Training Data from Large Language Models // Proceedings of the 30th USENIX Security Symposium. – 2021. – P. 2633–2650.
- Edwards L., Veale M. Slave to the Algorithm? Why a “Right to an Explanation” Is Probably Not the Remedy You Are Looking For // Duke Law & Technology Review. – 2017. – Vol. 16. – P. 18–84.
- Pasquale F. The Black Box Society: The Secret Algorithms That Control Money and Information. – Cambridge, MA: Harvard University Press, 2015.
- Solove D.J. Introduction: Privacy Self-Management and the Consent Dilemma // Harvard Law Review. – 2013. – Vol. 126. – No. 7. – P. 1880–1903.
- Solove D.J. Artificial Intelligence and Privacy // Florida Law Review. – 2025. – Vol. 77. – No. 1.
- Veale M., Binns R., Edwards L. Algorithms that remember: model inversion attacks and data protection law // Philosophical Transactions of the Royal Society A. – 2018. – Vol. 376. – Art. 20180083.
- Wachter S., Mittelstadt B., Floridi L. Why a Right to Explanation of Automated Decision-Making Does Not Exist in the General Data Protection Regulation // International Data Privacy Law. – 2017. – Vol. 7. – No. 2. – P. 76–99.
- Zuboff S. The Age of Surveillance Capitalism. – New York: PublicAffairs, 2019.
- Regulation (EU) 2016/679 (General Data Protection Regulation) // OJ L 119, 4.5.2016.
- Regulation (EU) 2024/1689 (Artificial Intelligence Act) // OJ L, 12.7.2024.
- Council of Europe Framework Convention on Artificial Intelligence and Human Rights, Democracy and the Rule of Law (CETS No. 225). – Vilnius, 2024.
- Qozog‘iston Respublikasining “Sun’iy intellekt to‘g‘risida”gi Qonuni. 2025-yil 17-noyabr, 230-VIII-son.
- UNESCO. Recommendation on the Ethics of Artificial Intelligence. – Paris, 2021.
- OECD. Recommendation of the Council on Artificial Intelligence (OECD/LEGAL/0449). – 2019, 2024.
- UN General Assembly. Resolution A/RES/78/265. – 21 March 2024.
- European Data Protection Board. Opinion 28/2024 on certain data protection aspects related to the processing of personal data in the context of AI models. – 17 December 2024.
- CJEU. Case C-634/21, SCHUFA Holding (Scoring), 7 December 2023.
- CJEU. Case C-203/22, Dun & Bradstreet Austria, 27 February 2025.
- Milliy huquqiy axborot bazasi: https://lex.uz