TRANSCHEGARAVIY ELEKTRON SAVDODA ISTE’MOLCHI YASHASH JOYIDAGI SUDNING VAKOLATI
Annotatsiya
Maqolada O‘zbekistonda yashovchi iste’molchi xorijiy sotuvchi bilan onlayn tuzilgan oldi-sotdi shartnomasidan kelib chiqqan da’voni o‘z yashash joyidagi sudga bera olishi masalasi o‘rganiladi. O‘zbekistonning iste’molchi da’volariga oid protsessual qoidalari Yevropa Ittifoqining Brussels I bis reglamenti va Yevropa Ittifoqi Sudi amaliyoti bilan qiyoslanadi. Xorijiy sotuvchining faoliyati O‘zbekiston bozoriga yo‘naltirilganini baholashda buyurtma shartlari, yetkazib berish taklifi va reklama dalillaridan foydalanish taklif etiladi. Maqola yakunida mazkur mezon asosida xalqaro sud vakolatini aniqlashga doir protsessual qoida loyihasi beriladi.
Kalit so'zlar
Transchegaraviy elektron savdo
iste’molchi shartnomasi
xalqaro sud yurisdiksiyasi
sudlovga tegishlilik
bozorga yo‘naltirilgan faoliyat
elektron dalillar
Foydalanilgan adabiyotlar
- O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi, 361-modda. LexUZ
- O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi 221-I-son «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuni, 29-modda. LexUZ
- O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-792-son «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi Qonuni. LexUZ
- Regulation (EU) No 1215/2012 of the European Parliament and of the Council, arts. 17–19. EUR-Lex
- CJEU. Pammer and Hotel Alpenhof, Joined Cases C-585/08 and C-144/09, 7 December 2010, ECLI:EU:C:2010:740. EUR-Lex
- CJEU. Emrek v Sabranovic, Case C-218/12, 17 October 2013, ECLI:EU:C:2013:666. EUR-Lex