Barcha jurnallar
🔍
💡 Tezkor qidiruv uchun Ctrl+K tugmasini bosing

LEKSIK MA’NO VA TUSHUNCHA MUNOSABATI: SEMANTIK TAHLIL MASALALARI

AO

Abdunazarova O‘raltosh

Termiz davlat universiteti, O‘zbek filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi

Science Hub Review, Vol. 1 No. 5 (2026)
Betlar: 826-833

Annotatsiya

Maqolada leksik ma’no va tushuncha munosabati nazariy tilshunoslik hamda tafakkur kategoriyalari kesimida tahlil qilinadi. Tushunchaning inson ongida borliqdagi predmet va hodisalarning umumiy, muhim belgilarini aks ettiruvchi mantiqiy birlik ekani, leksik ma’noning esa shu mazmunning muayyan til tizimida shakllangan va nutqda namoyon bo‘ladigan lingvistik ifodasi ekani asoslanadi. Denotativ va konnotativ ma’no, semema va sema tarkibi, polisemiya, omonimiya, omofoniya hamda paronimiya hodisalari o‘zbek tilidagi aniq misollar asosida semantik tahlil etiladi. Shuningdek, o‘zbek va jahon tilshunosligidagi sistem leksikologik, semasiologik va kognitiv yondashuvlarning umumiy hamda farqli jihatlari qiyosiy o‘rganiladi.

leksik ma’no tushuncha leksema semema sema denotat konnotatsiya polisemiya omonimiya semantik tahlil kontekst

PDF yuklab olish

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1995. – 128 b.
  2. Mirtojiyev M. O‘zbek tili semasiologiyasi. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2010. – 288 b.
  3. Safarov Sh. Semantika. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2013. – 344 b.
  4. Uluqov N. Tilshunoslik nazariyasi. – Toshkent: Barkamol fayz media, 2016. – 192 b.
  5. Xolmonova Z. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent: O‘zbekiston milliy universiteti, 2007. – 176 b.