ICHKI ISHLAR ORGANLARI TAYANCH PUNKTLARI FAOLIYATINI TASHKIL ETISHDA SOHAVIY XIZMAT XODIMLARI BILAN O‘ZARO HAMKORLIKNI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya
Mazkur maqolada ichki ishlar organlari tayanch punktlari faoliyatini samarali tashkil etishda sohaviy xizmat xodimlari bilan o‘zaro hamkorlikni takomillashtirish masalalari yoritilgan. Tayanch punktlarining jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, profilaktika inspektorlari hamda ichki ishlar organlarining boshqa sohaviy xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlikning amaldagi holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Sohaviy xizmat xodimlari o‘rtasida axborot almashinuvi, vazifalarni muvofiqlashtirish, hamkorlikdagi profilaktik tadbirlarni tashkil etish va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi ichki ishlar organlari tayanch punktlari faoliyati samaradorligini oshirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda aholi bilan ishlash sifatini yaxshilashga xizmat qilishi asoslangan.
Kalit so'zlar
Foydalanilgan adabiyotlar
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2023.
- O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ-407-son, 2016-yil 16-sentabr.
- O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ-371-son, 2014-yil 14-may.
- O‘zbekiston Respublikasining “Jamoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunchilik hujjatlari.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6196-son Farmoni.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoni.
- Ismailov I., Ziyodullayev Z. Ichki ishlar organlari tayanch punktlarida profilaktika inspektorlarining faoliyati va hamkorligini tashkil etish. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2017.
- Ismoilov I. Ichki ishlar organlari faoliyatini tashkil etish. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2021.
- Rustamboyev M.X. Huquqbuzarliklar profilaktikasi asoslari. – Toshkent: TDYU, 2020.
- Tojiyev F. Profilaktika inspektori faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2021.
- O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ichki ishlar organlari faoliyatini tashkil etish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va tayanch punktlari faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlari.
- O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘quv-uslubiy materiallar. – Toshkent.