Barcha jurnallar
🔍
💡 Tezkor qidiruv uchun Ctrl+K tugmasini bosing

CHO‘LPON VA ADABIY TANQID: BADIIY MEZON HAMDA MAFKURAVIY TAZYIQ TO‘QNASHUVI

TD

Turdimatova Durdona Xurshid qizi

Farg‘ona davlat universiteti filologiya fakulteti o‘zbek tili yo‘nalishi 3-kurs talabasi

Science Hub Review, Vol. 1 No. 5 (2026)
Betlar: 1371-1376

Annotatsiya

Ushbu maqolada XX asr boshidagi o‘zbek adabiyoti va matbuoti tarixida Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lponning adabiy-tanqidiy faoliyati hamda 1920–1930-yillarda shoir ijodiga nisbatan yozilgan tanqidiy maqolalarning mohiyati qiyosiy tahlil qilinadi. Cho‘lponning adabiyot, teatr, tarjima san’ati, til sofligi va jahon adabiyoti tajribasini o‘zlashtirish borasidagi qarashlari badiiy mezon hamda ma’naviy uyg‘onish tamoyillariga tayangan holda yoritiladi. Shuningdek, Abdurahmon Sa’diy, Vadud Mahmud, Zarif Bashir, Ayn (Olim Sharafiddinov), Sotti Husayn, Usmonxon hamda Oybek kabi munaqqid va ijodkorlarning Cho‘lpon she’riy misra va baytlarini keltirib amalga oshirgan tanqidiy tahlillari qiyosiy o‘rganilib, estetik baholash bilan siyosiy tamg‘a o‘rtasidagi farq ochib beriladi.

Abdulhamid Cho‘lpon adabiy tanqid publitsistika badiiy mezon jadid matbuoti sovet tanqidchiligi mafkuraviy tazyiq teatr taqrizlari she’riy tahlil milliy uyg‘onish

PDF yuklab olish

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Cho‘lpon. Adabiyot nadir? (Adabiy-tanqidiy maqolalar, tarjimalar). – Toshkent: Cho‘lpon nashriyoti, 1994. – 240 b.
  2. Cho‘lpon. Asarlar. Uch jildlik. 3-jild (Publitsistika va adabiy-tanqidiy maqolalar). – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1995.
  3. Sharafiddinov O. Cho‘lponni anglash. – Toshkent: Xalq merosi, 1994. – 48 b.
  4. Karimov N. Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon. – Toshkent: Fan, 1991.
  5. Quronov D. Cho‘lpon hayoti va ijodiy merosi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1997. – 80 b.
  6. Sotti Husayn. Tanlangan asarlar (Adabiy-tanqidiy maqolalar). – Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1974.
  7. Vadud Mahmud. Tanlangan asarlar. – Toshkent: Ma’naviyat, 2007. – 184 b.
  8. Abdurahmon Sa’diy. Amaliy ham nazariy adabiyot darslari. – Toshkent, 1924.
  9. Oybek. Mukammal asarlar to‘plami. 13-jild (Adabiy-tanqidiy maqolalar). – Toshkent: Fan, 1979.