BUDJET TASHKILOTLARIDA ISH HAQIDAN USHLANMALAR VA AJRATMALAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Annotatsiya
Mazkur ilmiy ishda O‘zbekiston Respublikasi budjet tashkilotlari moliyaviy tizimida xodimlarga hisoblanadigan ish haqlari, ulardan amalga oshiriladigan soliq va majburiy ushlanmalar hamda ijtimoiy sug‘urta ajratmalari hisobini yuritishning amaldagi holati, normativ-huquqiy asoslari va ularni takomillashtirish zaruriyati chuqur tahlil qilinadi. Ish haqi fondi har bir budjet muassasasi xarajatlar smetasining eng salmoqli va ijtimoiy ahamiyatga ega qismini tashkil etadi. Shu bois, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya badallari, kasaba uyushmasi a’zolik badallari, ijro hujjatlari bo‘yicha ushlanmalar hamda ish beruvchi hisobidan to‘lanadigan ijtimoiy soliq ajratmalarining o‘z vaqtida, aniq va shaffof hisobga olinishi davlat moliyasining barqarorligi hamda xodimlarning konstitutsiyaviy ijtimoiy kafolatlarini ta’minlashda hal qiluvchi o‘rin tutadi. Tadqiqot jarayonida budjet hisobi standartlari, 417-sonli shaxsiy kartochka va 425-meh-sonli ta’til ma’lumotnomalari kabi birlamchi hujjatlar aylanishi, sintetik va analitik hisob subschyotlarining (16 va 17-schyotlar) o‘zaro bog‘liqligi hamda mehnatga haq to‘lash intizomini nazorat qilishning 15 ta metodologik usuli tizimli ravishda o‘rganildi. Shuningdek, «UzASBO» dasturiy majmuasi doirasida avtomatlashtirish darajasini oshirish, soliq va g‘aznachilik organlari bilan elektron integratsiyani kuchaytirish orqali inson omili bilan bog‘liq xatoliklarni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqildi.
Kalit so'zlar
Foydalanilgan adabiyotlar
- O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi. 2013-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-360-son Qonuni (keyingi o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan).
- O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (yangi tahriri). 2019-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-599-son Qonuni.
- O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. 2022-yil 28-oktabrdagi O‘RQ-798-son Qonuni.
- O‘zbekiston Respublikasining «Davlat budjeti to‘g‘risida»gi tegishli moliya yillari uchun qabul qilingan Qonunlari (O‘RQ-811, O‘RQ-813 va amaldagi budjet qonunchiligi hujjatlari).
- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 17-dekabrdagi 105-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2169).
- Tuychiyev A.J., Ostanaqulov A.A., Ibragimov K. Budjet tashkilotlarida budjet hisobi. Darslik. – Toshkent: «Iqtisod-Moliya», 2019. – 420 b.
- Sholdarov D.A. Byudjet nazorati va g‘aznachiligi. O‘quv-uslubiy majmua. – Toshkent: TMI, 2022. – 158 b.
- Ostonokulov A.A., G‘aniyev Sh.V. «Byudjet nazorati» fanidan o‘quv-uslubiy majmua. – Toshkent: TMI, 2019. – 279 b.
- Туйчиев А.Ж. и др. Бюджетный учет. Учебное пособие. – Ташкент: «Iqtisod-Moliya», 2018. – 278 с.
- Toshmuxamedova D.A. G‘aznachilik. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: «Iqtisod-Moliya», 2018. – 328 b.
- O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi rasmiy axborot portali va «UzASBO» dasturiy majmuasi me’yoriy qo‘llanmalari (www.imv.uz).