Barcha jurnallar
🔍
💡 Tezkor qidiruv uchun Ctrl+K tugmasini bosing

POLYGONATUM ODORATUM (MILL.) DRUCE VA TRIFOLIUM PRATENSE L. O‘SIMLIKLARINING O‘SISHI VA RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

ÓP

Ótegulova Patiyma Babajan qizi

QORAQALPOG‘ISTON QISHLOQ XO‘JALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI II-kurs magistranti

Science Hub Review, Vol. 1 No. 3 (2026)
Betlar: 31-35

Annotatsiya

Mazkur maqolada Polygonatum odoratum (Mill.) Druce va Trifolium pratense L. o‘simliklarining o‘sishi va rivojlanish xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda ushbu o‘simliklarning morfologik belgilari, vegetatsiya davri, fenologik rivojlanish bosqichlari, ildiz va ye r ustki organlarining shakllanishi, gullash jarayoni hamda biologik xususiyatlari bo‘yicha ilmiy adabiyotlar o‘rganildi. Polygonatum odoratum (Mill.) Druce ildizpoyali ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, uning yillik rivojlanish sikli tinim davri, kurtaklarning u yg‘onishi, vegetativ organlarning jadal o‘sishi, gullash, meva hosil qilish va qishki tinimga tayyorgarlik bosqichlaridan iborat. Trifolium pratense L. esa dukkakdoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik bo‘lib, urug‘ning unishi, nihollarning s hakllanishi, barg va poyalarning rivojlanishi, shonalash, gullash, meva va urug‘larning yetilishi kabi fenologik bosqichlarni bosib o‘tadi. Har ikki turning o‘sishi va rivojlanishiga harorat, tuproq namligi, yorug‘lik, tuproq unumdorligi va mineral oziqlan ish sharoitlari sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur ma’lumotlar ushbu o‘simliklarni madaniy sharoitda yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Polygonatum odoratum Trifolium pratense o‘s ish rivojlanish fenologiya vegetatsiya davri ildizpoya ildiz tizimi gullash biomassa

PDF yuklab olish

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 - yil 10 - apreldagi **PQ – 4670 - son “Yovvoyi holda o'suvchi dorivor o'simliklarni hosil qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan keyingi chora - tadbirlari”**gi qarori.
  2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 - yil 1 - martdagi **PQ – 144 - son “Qishloq xo'jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora - tadbirlari”**gi qarori.
  3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 - yil 10 - iyundagi **PQ – 277 - son “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashning samarali chora - tadbirlari to'g'risida”**gi qarori.
  4. Hasegawa T., Kudo G. Uchta rizomatoz Polygonatum turlarining o'sish jadvali, reproduktiv xususiyati va tarqalish shaklini ularning yashash joylari turlariga qarab taqqoslash //O'simlik turlari biologiyasi. – 2005. – 20 - jild. – 23 – 32 - betlar
  5. Yuan Q., Han Y., Huang J. va boshqalar. Polygonatum odoratum tarkibidagi ozuqaviy va bioaktiv tarkibiy qismlarning mavsumiy o'zgarishi // Oziq - ovqat tarkibi va tahlili jurnali. – 2023. – 124 - jild. – 105655 - modda.
  6. Omarov SA Ikki poligonatum turining o'sishi va rivojlanishiga ekologik omillarning ta'siri // Amerika o'simlik jurnali.
  7. Liu Y., Wang H., Dong S. Turli xil ko'paytirish materiallari va yetishtirish yillarining o'rmon ostidagi Polygonatum odoratum hosildorligiga ta'siri // Osiyo. – 2021. – 13 - jild. – P.
  8. Zhu Y., Wang J., Zhang H. va boshqalar. Polygonatum odoratumning qo'llanilishi, fitokimiyasi va farmakologiyasi bo'yicha sharh., qutulish mumkin bo'lgan dorivor o'simlik // Kelajakdagi oziq - ovqat jurnali. – 2023. – 3 - jild, 3 - son. – 240 – 251 - betlar.