SHO‘RTAN GAZ - KIMYO MAJMUASIDA PIROGAZNI NORDON GAZLARDAN TOZALASH JARAYONIDA SARIQ MOY HOSIL BO‘LISH MEXANIZMI VA UNDAN SAMARALI FOYDALANISH YO‘LLARI
Annotatsiya
Maqolada Sho‘rtan gaz - kimyo majmuasining etilen ishlab chiqarish texnologik tizimida pirogazni nordon komponentlardan ishqoriy usulda tozalash jarayonida hosil bo‘ladigan ikkilamchi mahsulot - sariq moyning shakllanish mexanizmi, tarkibi, fizik - kimyoviy xususiyatlari hamda uni qayta ishlash va ikkilamchi xomashyo sifatida ishlatish istiqbollari tahlil qilingan. Pirogaz tarkibidagi karbonat angidrid va vodorod sulfidni natriy gidroksid eritmasi yordamida ajratish vaqtida aldegid va ketonlar, ayniqsa atsetaldegidning ishqoriy muhitda aldol kondensatsiyasi natijasida yuqori molekulali, kam eruvchan organik birikmalar hosil bo‘lishi ko‘rsatib berilgan. Ushbu mahsulotlarning tozalash kolonnasi ichki yuzalarida to‘planishi massa almashinish samaradorligining kamayishi, gidravlik qarshilikning ortishi, ishqor sarfining ko‘payishi va oqova suvlar miqdorining oshishiga olib keladi. Sho‘rtan GKM sariq moyi bo‘yicha avval o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida chiqindini tindirish, degazatsiya qilish hamda moy, polimer va suv fazalariga ajratish imkoniyatlari baholangan. Sariq moy tarkibida erigan Cl – C ₆ uglevodorod gazlari mavjudligi uning faqat chiqindi emas, balki energetik va uglevodorodli ikkilamchi xomashyo manbai ekanligini ko‘rsatadi. Ishda sariq moy hosil bo‘lishini kamaytirish va mavjud chiqindidan kompleks foydalanishga asoslangan texnologik yondashuv taklif etilgan.
Kalit so'zlar
Foydalanilgan adabiyotlar
- Tilloev L., Dustov K., Alimov A., Bobokulov F., Ruziev F. Research the content of waste (yellow oil) of the Shurtan Gas Chemical Complex in Uzbekistan. Journal of Physics: Conference Series. 2021. Vol. 1889. 022057. DOI: 10.1088/1742 - 6596/1889/2/022057.
- Azimova Sh.A., Rasulov Sh.M. Results of studying the processes of water disposal of the alkaline pyrogas treatment unit. Oil and Gas of Uzbekistan. 2024.
- Piya - asawajinda P. Yellow oil formation at acid gas removal unit in ethylene plant. Chulalongkorn University, Petrochemistry and Polymer Science. DOI:
- 10.58837/CHULA.THE.1999.685.
- Methods and compositions for prevention of fouling in caustic towers. U.S. Patent No. 12,173,243. 2024.
- Methods and compositions for prevention of fouling in caustic towers. Patent application. 2021.
- Tilloev L.I., Kosimov E.K., Murodov M.N. Separation of yellow oil and determination of physical indicators of the oil part obtained. Universum: Technical Sciences. 2020. No. 1(70).
- GOST 33 - 2016. Neft va neft mahsulotlari. Kinematik va dinamik qovushqoqlikni aniqlash.
- GOST 31371.1 - 2008. Natural gas. Determination of composition by gas chromatography.
- GOST 31369 - 2008. Natural gas. Calculation of calorific value, density, relative density and Wobbe index from composition.