IKKILAMCHI POLIETILENTEREFTALATNI ETILENGLIKOL BILAN ALKOGOLIZ QILISH MAHSULOTLARINI SINTEZ QILISH VA ULARNING TERMOFIZIK XOSSALARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada ikkilamchi polietilentereftalat ( PET ) chiqindilarini etilenglikol bilan alkogoliz qilish orqali qayta ishlash natijasida olingan bis (2 - gidroksietil ) tereftalat asosidagi oligomer mahsulot ( BGTF / PAPET ) ning sintezi va termofizik xossalari o‘rganilgan. Reaksiyaning nukleofil transesterifikatsiya mexanizmi asoslangan va jahon amaliyotidagi to‘rtta asosiy alkogoliz variant ( katalizlangan, erituvchili, superkritik, mikroto‘lqinli ) qiyosiy tahlil qilingan. Turli sintez sharoitlarida olingan 11 ta namunaning differensial skanerlovchi kalorimetriya ( DSC ) usulida termofizik xossalari aniqlangan: erish cho‘qqisi harorati 122,33 - 138,30° C, erish entalpiyasi 42,95 – 163,6 J / g oralig‘ida joylashgan. Olingan natijalar xalqaro adabiyotdagi sof BHET monomeri ma‘lumotlari ( erish harorati 100,4 - 112,5° C ) bilan qiyoslanib, tadqiqot mahsulotining oligomerik tabiati haqida ilmiy asoslangan xulosa chiqarilgan.
Kalit so'zlar
Foydalanilgan adabiyotlar
- Enthalpies of fusion for BHET from virgin PET and post - consumer PET//ResearchGate.
- PET Glycolysis to BHET Efficiently Catalyzed by Stable and Recyclable Pd - Cu/ γ - Al2O3 // PMC. - 2024.
- Sub - and supercritical glycolysis of polyethylene terephthalate (PET) into the monomer bis(2 - hydroxyethyl) terephthalate (BHET) // Academia.edu.
- Thermal Behavior Analysis of Bis(2 - hydroxyethyl) Terephthalate for Recovery from Polyethylene Terephthalate Glycolysis // MDPI (Recycling). - 2026. полиэтилентерефталата// Донецкий национальный технический университет.