Barcha jurnallar
🔍
💡 Tezkor qidiruv uchun Ctrl+K tugmasini bosing

O'ZBEK VA INGLIZ GIDRONIMLARINING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI: MILLIY TAFAKKUR VA TARIXIY XOTIRA IFODASI

QG

Qurbonova Gulnoza Abduholiq qizi

Termez davlat pedagogika instituti (PhD) v.b dotsent

Science Hub Review, Vol. 1 No. 1 (2026)
Betlar: 50-56

Annotatsiya

Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi gidronimlarning lingvomadaniy xususiyatlari qiyosiy jihatdan tadqiq etiladi. Gidronimlar faqat geografik obyektlarni nomlovchi birliklar emas, balki xalqning tarixiy xotirasi, milliy tafakkuri, ekologik qarashlari va madaniy tajribasini o‘zida mujassamlashtiruvchi onomastik birliklar sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘zbek va ingliz tillaridagi daryo, soy, ko‘l hamda boshqa suv obyektlari nomlarining semantik motivatsiyasi, strukturaviy xususiyatlari va lingvomadaniy mazmuni o‘rganildi. Qiyosiy tahlil natijasida har ikki tilda gidronimlarning tabiiy-geografik belgilar, rang, suvning xususiyati, relyef, tarixiy-etnik omillar va inson faoliyati asosida shakllanishi aniqlandi. Shu bilan birga, o‘zbek gidronimlarida milliy-madaniy va ramziy ma’nolarning nisbatan faol ifodalanishi, ingliz gidronimlarida esa tarixiy-etimologik qatlamlar hamda geografik-deskriptiv motivatsiyaning muhim o‘rin tutishi kuzatildi. Tadqiqot gidronimlarni xalqning nomoddiy madaniy merosini o‘rganishning muhim manbalaridan biri sifatida baholaydi.

Gidronim toponim lingvomadaniyat milliy tafakkur tarixiy xotira onomastika semantik motivatsiya qiyosiy tahlil.

PDF yuklab olish