SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISHDA INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada sun‘iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish jarayonida inson huquq va erkinliklarini ta‘minlashning huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Sun‘iy intellektning davlat boshqaruvi, sud - huquq tizimi, ta‘lim, tibbiyot, iqtisodiyot va boshqa ijti moiy sohalarga jadal kirib borishi yangi huquqiy munosabatlarning shakllanishiga sabab bo‘lmoqda. Shu bilan birga, shaxsga doir ma‘lumotlarning himoyasi, shaxsiy hayot daxlsizligi, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, qarorlar shaffofligi, inson nazorati hamda sun‘iy intellektdan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlik kabi masalalar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Maqolada O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, sun‘iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha strategik hujjatlar hamda Toshkent davlat yuridi k universitetida nashr etilgan zamonaviy ilmiy manbalar asosida mazkur masalalar tahlil qilinadi. Shuningdek, sun‘iy intellektdan foydalanishda inson huquqlarini yanada samarali himoya qilish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.
Kalit so'zlar
Foydalanilgan adabiyotlar
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi PQ-358-son qarori. “Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030 - yilgacha rivojlantirish strategiyasini tas diqlash to‘g‘risida”
- O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni. 2003 - yil 11 - dekabr, 560 - II - son.
- O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni. qarori. “Sudlar tomonidan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne’matlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni qo‘llash amaliyoti haqida”
- Yakubova I.B. Raqamli muhitda mualliflik huquqlarini jamoaviy boshqar ish: Shartnomalar, mualliflik haqini yig‘ish va taqsimlash masalalari. Toshkent: Toshkent davlat yuridik universiteti, 2024. 148 b. ISBN 978 - 9910 - 9296 - 2 - 5.
- Usmonova O.R. The essential language used in intellectual property law and cyber law (AI). Toshke nt: Toshkent davlat yuridik universiteti, 2024. 160 b. ISBN 978 - 9910 - 664 - 86 - 1.