Barcha jurnallar
🔍
💡 Tezkor qidiruv uchun Ctrl+K tugmasini bosing

O‘RTA TA’LIMDA CLIL ASOSIDA MATEMATIKA O‘QITISHDA TIL VA FAN BILIMINI AJRATIB BAHOLASH: IKKI SHAKLLI DIAGNOSTIK INSTRUMENT DIZAYNI

TM

Turg‘unova Mohichehra Xabibullayevna

Science Hub Review, Vol. 1 No. 1 (2026)
Betlar: 106-113

Annotatsiya

CLIL texnologiyasi asosida matematikani ingliz tilida o‘qitish O‘zbekiston ta’lim tizimida tobora kengaymoqda, biroq bu jarayonni baholash borasida jiddiy metodologik muammo saqlanib qolmoqda. O‘quvchi ingliz tilidagi matematik testda past ball olganda, bu uning matematik bilimi yetishmasligidanmi yoki ingliz tilini tushunmasligidanmi kelib chiqqanini ajratib bo‘lmaydi. Bu hodisa test nazariyasida “konstruktga aloqasiz o‘zgaruvchanlik” deb yuritiladi va xalqaro amaliyotda ingliz tilini o‘rganuvchilar (ELL) uchun matematik baholashda keng o‘rganilgan, biroq O‘zbekiston CLIL kontekstida hali tadqiq etilmagan muammodir. Ushbu maqolaning maqsadi -til va fan bilimini bir-biridan ajratib baholashga xizmat qiladigan ikki shaklli diagnostik baholash instrumentining nazariy-metodik dizaynini ishlab chiqishdir. Tadqiqot dizaynga yo‘naltirilgan tadqiqot metodologiyasiga asoslanadi. Ushbu ish nazariy-metodik xarakterga ega bo‘lib, instrumentning empirik sinovdan o‘tkazilishi keyingi tadqiqot bosqichi sifatida belgilangan.

CLIL texnologiyasi konstruktga aloqasiz o‘zgaruvchanlik lingvistik modifikatsiya ikki shaklli test matematik savodxonlik baholash validligi Til-ta’sir indeksi.

PDF yuklab olish