Barcha jurnallar
🔍
💡 Tezkor qidiruv uchun Ctrl+K tugmasini bosing

KO‘Z KASALLIKLARINING TARQALISHI: MDH MAMLAKATLARI MISOLIDA EPIDEMIOLOGIK VA PROFILAKTIK TAHLIL

AM

Abdutolibov Muhriddin Zuhriddin o’g’li

Andijon davlat universiteti biologiya kafedrasi o‘qituvchisi

AG

Asqarova Gulyuz Alisher qizi

Andijon davlat universiteti biologiya yo‘nalishi talabasi

KG

Karimova Gulsanam Sherzod qizi

Andijon davlat universiteti biologiya yo‘nalishi talabasi

OM

Obidova Mahliyo Ibroxinjon qizi

Andijon davlat universiteti biologiya yo‘nalishi talabasi

Science Hub Review, Vol. 1 No. 1 (2026)
Betlar: 128-138

Annotatsiya

Ushbu maqolada ko‘z kasalliklarining tarqalishi, ularning kelib chiqish sabablari va zamonaviy jamiyatda uchrash chastotasiga ta’sir etuvchi asosiy omillar tahlil qilinadi. Ko‘rish qobiliyatining pasayishi va ko‘z kasalliklarining rivojlanishida irsiy moyillik, yosh, ekologik omillar, noto‘g‘ri ovqatlanish, uzoq vaqt davomida kompyuter va mobil qurilmalardan foydalanish, gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik hamda turli surunkali kasalliklarning o‘rni yoritiladi. Shuningdek, miopiya, gipermetropiya, astigmatizm, katarakta, glaukoma, kon’yunktivit va boshqa keng tarqalgan ko‘z kasalliklarining oldini olishga qaratilgan profilaktik choralar ko‘rib chiqiladi. Maqolada ko‘rish gigiyenasiga rioya qilish, muntazam oftalmologik ko‘rikdan o‘tish, ko‘zga tushadigan ortiqcha yuklamani kamaytirish, to‘g‘ri ovqatlanish, yetarli yoritishni ta’minlash va raqamli qurilmalardan foydalanish madaniyatini shakllantirish ko‘z salomatligini saqlashning muhim omillari sifatida baholanadi. Tadqiqot natijalari aholining ko‘z kasalliklari bo‘yicha tibbiy savodxonligini oshirish va ularning oldini olish choralarini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Ko‘z kasalliklari ko‘rish qobiliyati oftalmologiya miopiya gipermetropiya astigmatizm katarakta glaukoma kon’yunktivit ko‘z gigiyenasi profilaktika ko‘rish gigiyenasi raqamli qurilmalar kompyuter ekran ko‘z salomatligi oftalmologik tekshiruv profilaktik choralar ko‘rishning pasayishi sog‘lom turmush tarzi.

PDF yuklab olish