AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA ILM-FAN VA TA’LIM TARAQQIYOTI: TARIXIY TAJRIBA VA UCHINCHI RENESSANS SABOQLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada Amir Temur va Temuriylar davrida Movarounnahrda ilm-fan, ta’lim va madaniyat taraqqiyotining asosiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Samarqandning ilmiy-madaniy markaz sifatida shakllanishi, madrasalar faoliyati, ilm ahliga ko‘rsatilgan e’tibor hamda Mirzo Ulug‘bek davrida astronomiya va matematikaning yuksalishi tarixiy manbalar asosida yoritiladi. Shuningdek, Temuriylar davrining ilmiy-ma’rifiy tajribasi Uchinchi Renessans g‘oyasi bilan bog‘liq holda tahlil qilinib, uning bugungi avlod uchun tarixiy saboqlari ochib beriladi.
Kalit so'zlar
Amir Temur
Temuriylar
ilm-fan
ta’lim
Samarqand
Mirzo Ulug‘bek
madrasa
Uchinchi Renessans
ilmiy meros.