Barcha jurnallar
🔍
💡 Tezkor qidiruv uchun Ctrl+K tugmasini bosing

ABU RAYHON BERUNIY TOMONIDAN AMERIKA QIT’ASINING INTELLEKTUAL KASHF ETILISHI

AM

Abduraximova Maftuna Maxammadjon qizi

Namangan davlat unversiteti, Tarix yoʻnalishi talabasi

MZ

Madraximov Zoxid Sharofovich

Namangan davlat unversiteti dotsenti, tarix fanlari nomzodi

Science Hub Review, Vol. 1 No. 1 (2026)
Betlar: 147-151

Annotatsiya

Ushbu maqolada XI asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Beruniyning ilmiy merosi, xususan, uning Amerika qit’asi mavjudligini Xristofor Kolumbdan qariyb besh asr muqaddam nazariy jihatdan isbotlab bergan geofizik kashfiyoti tahlil qilinadi. Maqolada Beruniy yashagan davrdagi murakkab siyosiy va ilmiy muhit, «Donishmandlar uyi» (Ma'mun akademiyasi) hamda rasadxonalarning olim kamolotidagi oʻrni yoritilgan. Allomaning an’anaviy dengiz ekspeditsiyalariga tayanmasdan, sferik trigonometriya, geodezik oʻlchovlar va Yerning gidrostatik muvozanat qonuniyatlari asosida amalga oshirgan intellektual modellashtirishi ochib berilgan.

Abu Rayhon Beruniy Buyuk geografik kashfiyotlar Amerika matematik modellashtirish geofizika Ma'mun akademiyasi S. Frederik Starr «Al-Qonun al-Ma'sudiy».

PDF yuklab olish