QADIMGI YUNONISTON FALANGASI, RIM LEGIONLARI VA MARKAZIY OSIYO OTLIQ QOʻSHINLARI: OʻXSHASHLIK VA FARQLARNING QIYOSIY TAHLILI
Annotatsiya
Mazkur maqolada Qadimgi Yunonistonning goplit va Makedoniya falangasi, Rim legionlari hamda Markaziy Osiyoda yashagan sak, massaget va parfiya xalqlarining otliq qo‘shinlari qurollanish tizimi, jangovar tuzilishi va harbiy taktikasi qiyosiy-tarixiy tahlil asosida o‘rganiladi. Tadqiqotda yunon falangasining zich va mustahkam saf tuzilishi, Rim legionlarining manipula va kogortalarga tayangan moslashuvchan jangovar tizimi, shuningdek, Markaziy Osiyo ko‘chmanchi xalqlariga xos tezkor otliq kamonchilar va og‘ir qurollangan kataphraktlarning harbiy usullari yoritiladi. Ushbu qo‘shin turlarining afzallik va kamchiliklari Gavgamela, Kan, Pidna hamda Karrax janglari misolida tahlil qilinib, ularning harbiy san’at taraqqiyotidagi o‘rni ochib beriladi. Tadqiqot natijasida yunon harbiy tizimi piyoda qo‘shinlarning zarba kuchiga, Rim armiyasi qat’iy intizom va yuqori darajadagi moslashuvchanlikka, Markaziy Osiyo xalqlarining harbiy an’analari esa harakatchanlik, uzoq masofadan zarba berish va manevr ustunligiga asoslangani ilmiy jihatdan asoslab beriladi.