SINOV LABORATORIYALARIDA O‘LCHASH NATIJALARI ISHONCHLILIGINI OSHIRISHNING METROLOGIK ASOSLARI
Annotatsiya
Mazkur tezisda sinov laboratoriyalarida o‘lchash natijalarining ishonchliligini ta’minlashning metrologik asoslari hamda laboratoriya faoliyatida sifat nazoratini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Zamonaviy sinov laboratoriyalarida olingan nat ijalarning aniqligi va ishonchliligi mahsulot sifatini baholash, texnik reglamentlar talablariga muvofiqlikni aniqlash hamda muvofiqlikni baholash jarayonlarining obyektivligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda o‘lchash vositalarining met rologik yaroqliligi, o‘lchash noaniqligi, metrologik kuzatuvchanlik, sinov metodlarining validatsiyasi va verifikatsiyasi hamda laboratoriya ichki sifat nazoratining o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilingan. Shuningdek, o‘lchash natijalariga ta’sir etuvchi asosi y metrologik risklarni aniqlash va ularni boshqarish bo‘yicha yondashuv taklif etilgan. Mazkur yondashuv laboratoriyalarda o‘lchash jarayonlarini tizimli nazorat qilish, nomuvofiq natijalarni kamaytirish va sinov natijalarining ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.
Kalit so'zlar
Foydalanilgan adabiyotlar
- ISO/IEC 17025:2017. General requirements for the competence of testing and calibration laboratories. International Organization for Standardization, Ge neva, 2017.
- ISO 10012:2026. Quality management — Requirements for measurement management systems. International Organization for Standardization, Geneva, 2026.
- O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ - 614 - son,
- 07.04.2020.
- O‘zbe kiston Respublikasining “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ - 800 - son, 03.11.2022.
- O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ - 819 - son, 28.02.2023.
- O‘zbekiston Respublikasining “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, 27.02.2023.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarni ilg‘or xalqaro amaliyot asosida jadallashtirish chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi PF - 25 - son Farmoni, 16.02.2026