Barcha jurnallar
🔍
💡 Tezkor qidiruv uchun Ctrl+K tugmasini bosing

O‘ZBEKISTON VA TURKIYA O‘RTASIDAGI TARIXIY - MADANIY ALOQALARNING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI

YU

Yusufjanov Ulug‘bek Javlon o‘g‘li

“Turan International University” Gumanitar fanlar va pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi

Science Hub Review, Vol. 1 No. 4 (2026)
Betlar: 30-37

Annotatsiya

Maqolada O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi tarixiy - madaniy aloqalar uzoq tarixiy ildizlardan zamonaviy strategik hamkorlik bosqichigacha tahlil qilinadi. Tadqiqotda Usmoniylar davlati va Turkiston xonliklari o‘rtasidagi siyosiy, ilmiy hamda madaniy munosa batlar, O‘zbekiston mustaqilligining tan olinishi va 1992 - yilda diplomatik aloqalar o‘rnatilishi, shuningdek, 2017 - yilda strategik sheriklik bosqichiga ko‘tarilish kabi muhim davrlar ko‘rib chiqiladi. Rasmiy diplomatik manbalar, xalqaro bitimlar va ilmiy a dabiyotlar qiyosiy - tarixiy yondashuv asosida tahlil qilindi. Zamonaviy hamkorlik ko‘lamini ko‘rsatish uchun Turkiya Tashqi ishlar vazirligi e’lon qilgan 2016 – 2019 hamda 2022 – 2025 - yillardagi ikki tomonlama savdo hajmi ma’lumotlari taqqoslandi. Rasmiy ma’lum otlarga ko‘ra, savdo hajmi 2016 - yildagi 1,242 milliard AQSH dollaridan 2025 - yilda 3,092 milliard dollarga yetgan; bu qariyb 2,5 baravar o‘sishni anglatadi. Biroq savdo ko‘rsatkichlari madaniy aloqalarning bevosita o‘lchovi emas, balki siyosiy va iqtisodiy hamkorlikning kengayganini ko‘rsatuvchi qo‘shimcha indikator sifatida talqin qilinadi. Maqola tarixiy davomiylikni tan olish bilan birga, turli davrlardagi siyosiy sharoitlar va munosabatlar shakllarini farqlash zarurligini asoslaydi.

O‘zbekiston Turkiya tarixiy - madaniy aloqalar Turkiston Usmoniylar davlati diplomatik munosabatlar madaniy meros strategik sheriklik savdo statistikasi

PDF yuklab olish

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Budak, M. Türkiye-Özbekistan İlişkilerinin Tarihi Zemini: Osmanlı-Türkistan
  2. Arasındaki Siyasi ve Kültürel İlişkiler (XVI–XX. Yüzyıllar). Avrasya İncelemeleri
  3. Dergisi, 13(2), 2024, 123–148. DOI: 10.26650/jes.2024.1532450.
  4. Republic of Türkiye Ministry of Foreign Affairs. Türkiye–Uzbekistan Political
  5. Relations. https://www.mfa.gov.tr/turkiye-ozbekistan-cumhuriyeti-siyasiiliskileri.tr.mfa.
  6. Republic of Türkiye Ministry of Foreign Affairs. Economic Relations between
  7. Türkiye and Uzbekistan. https://www.mfa.gov.tr/ozbekistan-cumhuriyetiekonomisi.tr.mfa.
  8. T.C. Dışişleri Bakanlığı, Taşkent Büyükelçiliği. Büyükelçilik. https://taskentbe.mfa.gov.tr/Mission/About.