VLADIMIR KOROLENKONING “KO‘R MUZIKACHI” QISSASIDA BADIIY PSIXOLOGIZM VA QAHRAMON RUHIY EVOLUTSIYASI MASALALARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada taniqli rus adibi Vladimir Korolenkoning “Ko‘r muzikachi” qissasidagi badiiy psixologizm masalalari va bosh qahramon Pyotr Popelskiyning shaxs sifatidagi ruhiy evolutsiyasi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda tug‘ma ko‘rlik nuqsonining inson dunyoqarashi, hissiyotlari va atrof-muhitni idrok etishiga ta’siri adabiyotshunoslik va psixologik kontekstda o‘rganilgan. Muallifning qahramon ichki kechinmalarini yoritishda sinesteziya, ya’ni tovush va rang uyg‘unligi hamda musiqaning gnoseologik – dunyoni bilish va reabilitatsion funksiyalaridan foydalanish mahorati ochib berilgan. Shuningdek, Pyotrning chuqur ruhiy inqirozlar, depressiya va o‘z-oʻzini izlash jarayonlaridan o‘tib, yakunda ijodiy-ruhiy poklanish va jamiyatga integratsiyalashuv bosqichiga erishishi qiyosiy-tahliliy metodlar yordamida yoritilgan. Maqola yakunida asarning zamonaviy adabiy psixologizm rivojidagi o‘rni xususida ilmiy xulosalar shakllantirilgan.