DAVLAT BYUDJETI MABLAG'LARI USTIDAN RAQAMLI NAZORATNI KUCHAYTIRISHDA SUN'IY INTELLEKT VA BIG DATA TEXNOLOGIYALARINING O'RNI
Annotatsiya
Mazkur maqolada davlat byudjeti mablag‘lari ustidan raqamli nazoratni kuchaytirishda sun’iy intellekt va Big Data texnologiyalaridan foydalanishning nazariy hamda amaliy jihatlari keng yoritilgan. Tadqiqotda raqamli texnologiyalar asosida moliyaviy nazorat tizimini modernizatsiya qilish, byudjet mablag‘laridan foydalanish jarayonida shaffoflikni ta’minlash, korrupsion xavflarni kamaytirish hamda boshqaruv samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, davlat moliyasini boshqarishda ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilish mexanizmlarining ahamiyati ochib berilib, sun’iy intellekt algoritmlarining moliyaviy monitoring va prognozlash jarayonlaridagi imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Kalit so'zlar
Davlat byudjeti
raqamli nazorat
sun’iy intellekt
Big Data
moliyaviy monitoring.