Barcha jurnallar
🔍
💡 Tezkor qidiruv uchun Ctrl+K tugmasini bosing

DIABETIK RETINOPATIYA: QANDLI DIABET BILAN KASALLANGAN BEMORLARDA KO‘RLIKNING OLDINI OLISH

QA

Qurbonov Akobir Uyg’un o’g’li

Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi

Science Hub Review, Vol. 1 No. 1 (2026)
Betlar: 192-199

Annotatsiya

Diabetik retinopatiya qandli diabetning eng muhim mikroangiopatik asoratlaridan biri bo‘lib, mehnatga layoqatli yoshdagi aholi orasida ko‘rishning pasayishi va qaytmas ko‘rlikning asosiy sabablaridan hisoblanadi. Kasallik uzoq vaqt davomida klinik belgilar bermasdan rivojlanishi mumkinligi sababli, ko‘plab bemorlarda retinopatiya kech bosqichlarda aniqlanadi. Bu esa davolash samaradorligining pasayishiga va ko‘rish funksiyasining qaytmas yo‘qolish xavfining ortishiga olib keladi. Diabetik retinopatiyaning rivojlanishida uzoq davom etuvchi giperglikemiya, arterial gipertenziya, dislipidemiya, qandli diabet davomiyligi hamda buyrak faoliyatining buzilishi muhim o‘rin tutadi. Mazkur maqolada diabetik retinopatiyaning rivojlanish mexanizmlari, klinik shakllari, xavf omillari, zamonaviy diagnostika usullari hamda ko‘rlikning oldini olishga qaratilgan profilaktik va davolash strategiyalari tahlil qilindi. Muntazam oftalmologik skrining, metabolik nazorat, ko‘z tubini zamonaviy instrumental tekshiruvlardan o‘tkazish, lazer koagulyatsiyasi va intravitreal dori vositalaridan foydalanish diabetik retinopatiya oqibatida yuzaga keladigan ko‘rish yo‘qolishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

Qandli diabet diabetik retinopatiya diabetik makulyar shish ko‘rlik skrining ko‘z tubi lazer koagulyatsiyasi anti-VEGF terapiya optik kogerent tomografiya.

PDF yuklab olish