Barcha jurnallar
🔍
💡 Tezkor qidiruv uchun Ctrl+K tugmasini bosing

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING TANQIDIY-KREATIV FIKRLASH KOMPETENSIYASINING TARKIBIY TUZILMASI VA RIVOJLANISH MEZONLARI

JM

Jumayeva Muxlisa Shokir qizi

Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti DSc doktoranti

Science Hub Review, Vol. 1 No. 2 (2026)
Betlar: 23–30

Annotatsiya

Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tanqidiy-kreativ fikrlash kompetensiyasining tarkibiy tuzilmasi va uni rivojlantirish mezonlari nazariy-metodologik jihatdan tahlil etilgan. Tanqidiy va kreativ fikrlashning o‘zaro integrativ xususiyatlari asosida mazkur kompetensiyaning mazmun-mohiyati yoritilgan hamda uning tarkibiy komponentlari aniqlashtirilgan. Tadqiqotda tanqidiy-kreativ fikrlash kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qiluvchi motivatsion-aksiologik, kognitiv, operatsion-faoliyatli va refleksiv-baholovchi komponentlar asoslangan. Shuningdek, har bir komponentning mazmunini ifodalovchi mezon va indikatorlar tizimi ishlab chiqilib, kompetensiyaning rivojlanish darajalarini aniqlash imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Mazkur mezonlar bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, mustaqil va asoslangan qarorlar qabul qilish, muqobil yechimlar ishlab chiqish, yangi g‘oyalarni ilgari surish hamda o‘z faoliyatini refleksiv baholash qobiliyatlarini kompleks diagnostika qilishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining tanqidiy-kreativ fikrlash kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslarini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi tanqidiy fikrlash kreativ fikrlash tanqidiy-kreativ fikrlash kompetensiya kompetensiyaviy yondashuv tarkibiy komponentlar rivojlanish mezonlari indikatorlar diagnostika refleksiya pedagogik kompetensiya.

PDF yuklab olish